Òzbekistonda xotin qizlarni huquqlarini himoya qilish va Gender tengligi erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidadir

Yüklə 170 Kb.
səhifə1/2
tarix11.11.2022
ölçüsü170 Kb.
#68594
  1   2
26.10.2022

Òzbekistonda xotin qizlarni huquqlarini himoya qilish va Gender tengligi erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidadir.
Darhaqiqat, qadim yunon Suqrot, Arastu, Aflotun kabi olimlari eng yaxshi davlat sifatida jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan polisni nazarda tutishgan. eng yaxshi qonunlar sifatida ham barcha tengligini kafolatlagan qonunlarni ilgari surishgan. erkak va ayollar tengligi g'oyasini yunon olimi Antifont o'z asarlarida qo'llagan holda: «Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi», deb ta'kidlagan.SHarq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan bo'lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o'z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi e'tirof etilgan. Gender tengligining huquqiy rivojiga e'tibor beradigan bo'lsak, eng avvalo, gender tenglikning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikni tarixiy-nazariy va huquqiy jihatlarini tahlil etish joiz. Albatta, barchamizga ma'lumki, 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida erkak va ayollarning tengligi alohida e'tirof etilgan bo'lib, Deklaratsiyaning 1-moddasida «Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak», deya ta'rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-moddasida ta'kidlanishicha, «Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi». Aynan mazkur xalqaro norma “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir,-degan moddaning amaliy va huquqiy asosidir. Demak, yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishining sababi ham asoslidir.
Mazkur asosning yana bir huquqiy kafolati bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta'minlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o'zi kifoya emas.SHu bois ham, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish”ga alohida e'tibor qaratilgan. CHunki, mana shunday sinovli kunlarda, ya'ni karantin davrida ham shifokorlar, ichki ishlar, hatto Milliy Gvardiya xodimalarining erkaklar bilan elkama-elka turib ishlashganining guvohi bo'ldik. Karantin bo'lishiga qaramay, tibbiy niqoblar, tibbiy kiyim-kechak, zarur vositalarni zudlik bilan etkazish uchun tadbirkorlik ishlarini yo'lga qo'yishganining boisi, biror bir tez tibbiy yordam ko'rsatishda uzulishlar, etishmovchiliklar bo'lmaganining guvohimiz. SHifokorlarimizning azaliy Gippokrat qasamyodi hammaga ma'lum. Kunu-tun inson salomatligi yo'lida xizmat qilgan shifokorlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga sog'aygan fuqarolarimizning xursandchiligining ham guvohimiz.
Ana shunday izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida jamiyatimizda tinchlik va iqtisodiy barqarorlik ta'minlanmoqda. Kundalik hayotiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, xalq farovonligida, jamiyat tinchligida hamda iqtisodiy barqarorlikda erkak va ayolning teng huquqliligi muhim o'rin tutadi. Gender tengligini ta'minlash bo'yicha davlat miqyosida ishlab chiqilgan qonunlar va dasturlar ham muhim ahamiyatga ega. Hatto Jahon Iqtisodiy forumi (The Global Gender Gap) o'tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, xotin-qizlar erkaklarga nisbatan bir yilda qariyib 35 kundan ko'proq ishlar ekan. BMT Bolalar Jamg'armasi (YUNISEF) tadqiqotlariga qaraganda esa, qizlar o'g'il bolalarga nisbatan biror ishni bajarishda 35-36 foiz ko'p vaqt sarflar ekan. Bu hali ham dunyoda gender tengligiga erisha olinmayotganligini ko'rsatadi.
SHu bois ham, 2019 yilning 2 sentyabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda «gender» tushunchasiga ta'rif berilgan.
Unga ko'ra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, ushbu sohada davlat boshqaruvi mexanizmlari belgilandi.
Xususan, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etildi.
Komissiyaning asosiy vazifalari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, ushbu sohada qilingan ishlar bo'yicha har yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga axborot taqdim etish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash va bu borada xalqaro standartlarga rioya etish sohasida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.
Qonuniy huquq va erkinliklardan foydalanishda jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik ayrim ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Mazkur qonunning 5-moddasiga muvofiq, quyidagilar jins bo'yicha kamsitish hisoblanmaydi:
bola tug'ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash;
qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rish;
xotin-qizlar va erkaklarning mehnatini muhofaza qilishda reproduktiv salomatligini saqlash xususiyatlari;
kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish;
qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash.
Qonunning 13-moddasida davlat organlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi vakolatlari hamda 15-moddasida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi ishtiroklari belgilandi.
Agar shaxs o'zini jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lib, bunda jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmasligi, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to'g'risidagi ishlarni sudlarda ko'rish chog'ida advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmatlarga haq to'lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanishi hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgila. Hayot shiddat bilan o'zgarayotgan davrda jamiyat ham taraqqiy etar ekan, insonlar ham zamon bilan hamnafas bo'lishga harakat qilashadi. Bu ayollarga ham tegishlidir. endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug'ullanib, “ yo oila, yo ish” ,- degan fikrlar gender tengligiga to'sqinlik qiladi. Ko'rib turibmizki, rivojlanishning eng o'tkir muammolaridan biri tenglikka erishish, ayniqsa, jamiyatda ham, oilada ham erkak va ayolning gender tengiligiga erishish eng og'ir masalalardan biridir. Ming afsuski, xotin-qizlar ko'pincha rivojlanish jarayonidan chetda qoladi va hatto unda ishtirok etgan taqdirda ham juda katta qiyinchiliklar va hatto yo'qotishlar (Bunda ko'pgina hollarda oilaviy nizolar, ajrimlar) evaziga erishadi. Mazkur holatni oldini olishda qonunning 25-moddasida Uy mehnati jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas, u ayollar va erkaklar tomonidan teng darajada amalga oshiriladi”-deb belgilangan. Aynan 21-modda esa, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini belgilagan. Bugun xotin-qizlar bandligini ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Xotin-qizlar qo'mitalari tashabbusi bilan bo'sh binolarni qayta ta'mirlash va ishga tushirish hisobiga 2 700 tadan ortiq kichik tsexlar tashkil etilib, 18 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi. Xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish oxirgi yillarda sezilarli oshdi.
Biz esa, qonunlarni qabul qilamizu, amalga oshirish uchun aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksak bo'lishini ta'minlamasak, yana sun'iy to'siqlarga duch kelaveramiz.
e'tiborli jihati shundaki, bugungi yangilanayotgan jamiyatda ayollarning siyosat va iqtisodiyotga keng jalb qilinishi tufayli gender tengligi borasida o'zgarishlar, siljishlar, hattoki yutuqlar ko'zga tashlanmoqda. Ayniqsa, siyosatda ayollar faollashganining guvohimiz ya'ni davlat boshqaruvida, sudlov tizimida, ichki ishlar, bojxona tizimida ham xotin-qizlarning mehnat qilayotgani ayni haqiqatdir. Zero, bu borada mazkur qonunning 4-BOBi : “Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” ga bag'ishlangan hamda 18-moddada saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash huquqi ya'ni, xotin-qizlar va erkaklar hokimiyat vakillik organlariga saylash va saylanishda teng huquqlarga egaligi qayd etilgan. Siyosiy partiyalar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko'rsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanadi.
Ko'pchilik, hokim ayollarimizni qo'llab-quvvatlamoqda, hatto endilikda jamiyat ishlarida ayollarning keng ishtirokiga ko'nikib ham qolishmoqda. Masalan, jamiyat ishiga faol ishtirok etayotgan ayollarning turmush o'rtog'i tushungan holda uni qo'llab-quvvatlamoqda. Farzand tarbiyasi hambilan birga turli tadbirlarda ishtirok etar ekan, o'zi bilmagan holda siyosatga kirib qoladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo'lish bilan bir qatorda siyosatda o'zlarini ko'rsatish imkoniyatlariga ega bo'lishdi.
Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo'lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq tan olish kerak, ayrim mamlakatlarda ayollarning o'rni oshxonada, degan qarashlar hali ham butkul yo'qolmagan.
SHu bois ham, mazkur qonunda tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish uchun jabrlanuvchilarga himoya orderi berilishi ko'zda tutilgan. Bugun hududlarda Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish markazlari tashkil etildi. Xotinqizlar qo'mitasining respublika bo'yicha yagona qisqa raqamli (1146) “Ishonch telefoni” tashkil etilib, har kuni 24 soat davomida xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qilish tizimi yo'lga qo'yilgan.... Bu nima degani?
Misol uchun, er va xotin urishib qolsa, er xotinga nisbatan kuch ishlatsa yoki tazyiq qilsa va bu isbotlansa, erning ayol bilan bevosita yoki bilvosita aloqasini 30 kungacha cheklab qo'yish mumkin bo'ladi.
Aslida ayollarga nisbatan har qanday zo'ravonlik barcha aqlli jamiyatlarda, jumladan, Islomda ham qoralanadi. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish tajovuz hisoblanadi. Ularga nisbatan hech qanday kuch, zo'ravonlik, urish, kaltaklashni ishlatib bo'lmaydi. Nasihat qilish, u kor qilmasa, sekin turtib ogohlantirish, u ham kor qilmasa, yotoqlarida tark qilish ko'zda tutilgan.
SHu bois ham, qonun 32-moddadan iborat bo'lib, 29-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'lishi hamda 30-moddada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlashi qayd etilgan.
F.Muxitdinova
TDYUU professori
Nashr etmoq
Rated 3.83 stars out of 5
# Gender tengligi (https://yuz.uz/uz/news?tag_id=205)
Onlayn brifing bo'lib o'tdi
Mamlakatimizda (https://yuz.uz/uz/news?category=Mamlakatimizda)12 Iyun 20209623
Tadbir ishtirokchilarining bojxona va soliq sohasiga oid savollariga soha mutasaddilari tomonidan javoblar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlarga salbiy ta'sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik subektlarini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 12 iyun kuni viloyat bojxona boshqarmasida viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda onlayn-brifing o'tkazildi. Unda viloyat soliq va bojxona boshqarmalari rahbariyati, tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari karantin qoidalariga rioya qilgan xolda ishtirok etdilar.
Rejalashtirilgan onlayn-brifingni o'tkazilish joyi, mavzusi va bu borada amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlar 11 iyun kuni viloyat hokimligining “Sirdaryo yangiliklari” va “Viloyat axborot xizmatlari” telegram kanallari hamda DBQning rasmiy “Customs-uz” veb sayti orqali e'lon qilindi. O'tkazilgan onlayn-brifing joyidan hokimlik, korxona va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali keng ommaga xavola etildi.
Tadbir davomida bojxona va soliq boshqarmalari mas'ul xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlarga salbiy ta'sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik subektlarini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi hisobotlari eshitildi.
SHuningdek, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar hamda bojxona nazoratini soddalashtirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar haqida tushuntirishlar berildi.
SHu bilan birga viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Hurmatli YUrtboshimizning joriy yil 3 iyundagi Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag'batlantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–4739-son qarori va 5 iyundagi «Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi PF-6005-son Farmoni bo'yicha tushuntirishlar berildi.
So‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan.
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan.
Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasi (https://lex.uz/docs/-51799#-59760) hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga (https://lex.uz/docs/-60232#-62026)muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (bundan buyon matnda Gender strategiyasi deb yuritiladi) 1-ilovaga;
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Kompleks chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) 2-ilovaga;
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari (bundan buyon matnda Maqsadli ko‘rsatkichlar deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Gender strategiyasini 2023 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin;
2022-yildan boshlab har yili 15-noyabrga qadar Kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yillar uchun tegishli dastur ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi:
doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin;
2022-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos keladigan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin;
har yili davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar ishtirokida Gender strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishini, keng jamoatchilik muhokamalari tashkil etilishini va e’lon qilib borilishini ta’minlasin;
muntazam ravishda Kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotlarni o‘zining veb-saytida joylashtirib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi har chorakda:
Kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borsin;
Kompleks chora-tadbirlar dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritib borsin.
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Gender strategiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘z hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin hamda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har chorakda hududiy chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishi yuzasidan vazirlik, idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
ushbu Qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida tushuntirilishini;
Gender strategiyasining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,

Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi tomonidan Jaxon bankining “Ayollar, biznes va konun (Women, Business and the Law) indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yana-da yaxshilash”ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi Farmoniga asosan Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun» indeksi O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatiga kiritildi va unga masʼul davlat organi etib Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi belgilandi.
Bugungi kunda «Ayollar, biznes va huquq» indeksi 190 mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, 8 ta (Harakatlanish erkinligi, mehnat qilish, mehnat sharoitlari, nikoh, ota-onalik qilish, tadbirkorlik, mulkka egalik qilish, pensiya) ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish salohiyatlari o‘rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholaydi.
Qo‘mita tomonidan yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizning qator reyting va indekslarda, shuningdek, Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerakligi taʼkidlab o‘tildi.
Xususan, Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida 2022-yilgi maʼlumotlar va baholash metodologiyasini manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda tahlil qilish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2021-2022-yillar davomida qabul qilingan NXXni inventarizatsiyadan o‘tkazish, maʼlumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish masalalari muhimligiga eʼtibor qaratildi.
Kuni kecha Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
Unda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish masalalari, himoya orderlari bilan ishlash, jabrlangan ayollarning salomatligini muhofaza qilish, ularning ruhiy ahvolini o‘rganish va nazoratga olinishini taʼminlash, ularni mexnat bozoridagi yuqori talabga ega kasb-hunarga o‘rgatish, “Ijtimoiy maslahatxona”lar samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin