Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar


(7-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə6/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

(7-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

5. Davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirish:


basharti, korxona davlat tasarrufdan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa;


basharti, davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan bo‘lsa;


Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan shartlar va muddatlarni ko‘rsatmog‘i zarur.




(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.


8-modda. Korxonalarni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash


Oldingi tahrirga qarang.

Korxonani davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufdan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchiliktalablarini inobatga olgan holda hal etishni o‘z ichiga oladi.


(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Korxonani davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilarning, ma’muriyatning, korxona mehnat jamoasining, jamoat tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.


Davlat tasarrufdan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufdan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablag‘i hisobidan pul to‘lash sharti bilan ishning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.


Komissiya korxona ma’muriyati bilan birgalikda davlat tasarrufdan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona to‘g‘risida davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.





Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin