20-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish o‘tkazilishi ustidan nazorat
qilish Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari ustidan davlat nazoratini, shu jumladan davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida foydalaniladigan pul mablag‘larining kelib chiqishi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofq ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
21-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslarni hal etish
Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV