Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar


-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə2/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

4-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari


Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulki obyektlari to‘liq ravishda yoki qisman davlat tasarrufdan chiqariladi va xususiylashtiriladi.


2. Quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufdan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:


Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;


moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;

pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar;


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk);

ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;


radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;


qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;


ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;


O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;


atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;


portlash xavf bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;


14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;

davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;


maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);


qabristonlar.


Davlat tasarrufdan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin.
Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno):



asosiy fondlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan korxonalar;



qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;


sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, konchilik (shu jumladan portlovchi moddalarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan), mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va ko‘mir qazib chiqarish, quduqlar burg‘ulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari;
kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral o‘g‘itlar, sintetik tolalar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);
elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;

raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;


matbaa korxonalari va nashriyotlar;


axborot va telegraf agentliklari;


shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;


standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;


tavakkalchilik xavf yuqori bo‘lgan obyektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-bandi 12-kichik bandidako‘rsatib o‘tilgan obyektlar bundan mustasno) qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;


muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik, gaz ta’minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi;
temir yo‘l, havo va daryo transportida yo‘lovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtlari, shuningdek umumta’lim muassasalari;


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;


davlat naslchilik xo‘jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, urug‘chilik va seleksiya stansiyalari, davlat urug‘chilik inspeksiyalari va qishloq xo‘jalik ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;


pochta aloqasi korxonalari;


o‘rmon xo‘jaligining, geologiya, kartografya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;


sanoatning qattiq chiqindilari va ro‘zg‘or chiqindilari ko‘miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko‘mish uchun kerakli uskunalar, chorva mollar ko‘miladigan joylar;


24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar;


O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat sanatoriy-kurort

xo‘jaliklari;


kinolashtirish va konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalarining korxonalari, shuningdek axborot-kutubxona muassasalari va o‘quv zallari;


27) sog‘liqni saqlash muassasalari;

28) davlat veterinariya xizmati, o‘simliklarni himoya qilish xizmati korxonalari va muassasalari;


nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda bo‘ladigan uylar va internatlar;
30) bolalar, o‘smirlar va yoshlarning sog‘lomlashtirish muassasalari;



Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin