Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə5/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

Oldingi tahrirga qarang.

Xususiylashtirilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.




(7-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

Korxonalarni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari, ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.




Oldingi tahrirga qarang.

Buyurtma ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.




(7-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat tasarrufdan chiqarishni, xususiylashtirishni o‘tkazish yoki unday qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab o‘n kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufdan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.




Oldingi tahrirga qarang.

Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi.





Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin