(9-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy mulk obyekti qiymatining dastlabki bahosi qonunchilikdabelgilangan tartibda aniqlanadi.
(9-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Davlat korxonasining ijaraga olingan mol-mulkini sotib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan o‘zi ijaraga olgan mol-mulkini (to‘liq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
(10-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga muvofq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
12-modda. Davlat korxonalarini xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasini xo‘jalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(12-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyidagilar xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) bo‘lishlari mumkin:
mehnat jamoasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Dostları ilə paylaş: |