Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar


-modda. Davlat tasarrufdan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə12/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

19-modda. Davlat tasarrufdan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar

Davlat korxonalari davlat tasarrufdan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining a’zolariga aksiyalar va boshqa mulk bo‘lib-bo‘lib haq to‘lash orqali sotilishi mumkin.


Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chog‘ida mehnat jamoasining a’zolari, ular tomonidan tuzilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng bo‘lganida o‘zga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar.


Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qo‘shilmaydi.




Oldingi tahrirga qarang.

Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofq soliq to‘lashda yengilliklar berilishi mumkin.


Davlat tasarrufdan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining a’zolariga quyidagi kafolatlar beriladi:

davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona ma’muriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;


egalik huquqi yangi mulkdorga o‘tgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.




Oldingi tahrirga qarang.

Bo‘shatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi hamda ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofq amalga oshiriladi.





Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin