Mehnatni muhofaza qilish. Ayollarga beriladigan qo’shimcha kafolatlar



Yüklə 1,06 Mb.
tarix04.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#107380
mehnatni muhofaza qilish. ayollarga

Mehnatni muhofaza qilish. Ayollarga beriladigan qo’shimcha kafolatlar.

  • Reja
  • 1. Xodimlarning sog’lom va adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqi va uning konstitutsiyaviy kafolatlari.
  • 2. Mehnat muhofazasi tushunchasi va uning huquqiy jihatdan ta’minlanishi.
  • 3. Korxonalarda mehnat muhofazasini ta’minlash.
  • 4. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.
  • 5. Ish vaqti va dam olish vaqtida ayollarga beriladigan imtiyozlar.
  • 6. Ayollar mehnatini muhofaza qilish.
  • 7. Ishga qabul qilishda ayollarga beriladigan imtiyozlar.

Mehnat huquqida mehnat muhofazasi atamasi keng va tor ma`nolarda ishlatiladi.

  • Keng ma`noda bu atama mehnatini qo`llashga oid barcha masalalar majmuyini o`z ichiga oladigan va mehnat huquqining turli bo`limlari (mehnat shartnomasi, ish va dam olish vaqti va boshqalar)ga ta’lluqli huquq normalari yig`indisi tushuniladi.
  • Tor ma`noda esa mehnat muhofazasi atamasi xodimlar uchun xavfsiz va sog`lom mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish uchastkalarida texnikaviy, sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta`minlash maqsadida belgilangan standartlar va normativlarning ishlab chiqilishi va ularga amal qilishni ta`minlashga oid iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlardan iborat bo`ladi.

Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ham o`z ichiga oladi. Texnika xavfsizligi deganda ishlab chiqarishni zararli omillari ta`sirini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi nazarda tutiladi.

  • Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ham o`z ichiga oladi. Texnika xavfsizligi deganda ishlab chiqarishni zararli omillari ta`sirini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi nazarda tutiladi.

Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy manbalari

  • O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi,
  • O`zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida»gi qonuni, 1993-yil 6-may
  • O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining «Mehnatni muhofaza qilish» bobi (211-223-moddalar) va boshqa qoidalar,
  • O`zbekiston hukumatining mehnatni muhofaza qilishga oid qarorlari, vazirliklar va idoralarning ishlab chiqarishdagi texnik xavfsizligi, sanitariya hamda gigiyenaga, profilaktikaga oid yo`riqnomalar, standartlar, texnikaviy shartlar, mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, korxona va tashkilotlarning bevosita o`zida ishlab chiqilgan, ish beruvchilar hamda xodimlar vakillik organlari bilan o`zaro kelishib tasdiqlagan mehnatni muhofaza qilishga oid lokal me`yoriy hujjatlar.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog`ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishni tashkil qilishi shart:

  • - o`n sakkiz yoshga to`lmaganlar;
  • - oltmish yoshga to`lgan erkaklar, ellik besh yoshga to`lgan ayollar;
  • - nogironlar;
  • - mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog`liq ishlarda band bo`lganlar;
  • - oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlar;
  • - umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg`ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.

Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo`lgan xodimlar belgilangan me`yorlar bo`yicha:

  • - sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
  • - davolash-profilaktika oziq-ovqati;
  • - gazli sho`r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
  • - maxsus kiyim-bosh, poyafzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta`minlanadilar.

Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko`ra:

  • Ish beruvchi, mehnat birjasi tomonidan belgilangan kvota hisobidan ishga joylashtirish tartibida yo`llagan nogironlarni ish joylariga qabul qilishga majburdir.
  • TMEKning nogironlarga to`liqsiz ish vaqti rejimi o`rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi shart.
  • I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to`lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmagan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
  • I va II guruh nogironlariga o`ttiz kalendar kundan kam bo`lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi.

E’tiboringiz uchun raxmat!

  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin