3 – amaliy: Qonunlashtiruvchi metrologiya soxasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va metrologiya xizmat. Ishning maqsadi



Yüklə 21,01 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2022
ölçüsü21,01 Kb.
#76445
1   2   3   4
3 AMAL

3. Ishni bajarish tartibi
1.Metrologiya soxasidagi asosiy xalqaro tashkilotlarni sanab bering. 2.MOZM qanday tashkilot va uning vazifalari nimalardan iborat. 3.Sifatni taminlashda ISO xalqaro tashkilotining o‘rni qandayligini miollar orqali tushuntirib bering 4. O‘zbekistonning MEK va MOZM xalqaro tashkilotida tutgan o‘rni qanday
O‘zbekiston respublikasining metrologiya xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi. Davlat metrologiya xizmati «O‘zstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. YUridik shaxslarning metrologiya xizmatlari YUridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi. YUridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari hisoblanadi: etalonlar; o‘lchov vositalari; moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari; axborot—o‘lchov tizimlari; o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari; metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga ob’ektlar. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof—muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish; savdo—tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; zaharli, engil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar; o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari. Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash; o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash; o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish; yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash; o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash. Davlat metrologiya nazorati: o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda «O‘zstandart» agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash Ushbu Qonunning 14—moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim. O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritishni «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi. Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qo‘yishi shart. Boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etiladi. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish. Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 21,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin