3- Ma`ruza. MP yaratilish texnologiyalari, MP turlari, MP asosiy parametrlari va xarakteristikalari.
Reja:
1) Elektron hisoblash mashinasi
2) Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi
3) Hisoblash sistemasida bir necha parallel prosessorlar
4) Bir nech parallel prosessorlarning afzallik tomonlari
Maxsuslashtirilgan kompyuterlar CH. Bebbidj g‘oyasida EHMni xotiralash dasturi yordamida boshqarish prinsipini o‘z ichiga olgan barcha asosiy qismlar bor edi. Uning g‘oyalarining afzalligiga ancha keyin etarligicha baholandi. 1937 yildan boshlab hozirgi kungacha bir necha milliondan ortiq EHMlar yaratilgan. Biz ularni hozirda kompyuter deb ataymiz. EHMlarning soni ortishi bilan bir vaqtda ularni takomillashtirish jarayoni yanada jadallashdi. Markaziy protsessor va operativ xotiraning elementlar bazasiga, texnik xarakteristikasiga va arxitekturasining murakkabligiga qarab EHMlarni davrlarga va avlodlarga ajratish qabul qilingan. Tezkorlik va operativ xotira xajmi EHM ning asosiy xarakteristikalaridir. Tezkorlik bir sekundda bajariladigan mashinaviy amallarning o‘rtacha soni bilan baholanadi. Hozirgi vaqtda hisoblash mashinalarining rivojlanishining 4ta davri va 5ta avlodi bor. Bu to‘g‘risida ma’lumotlar 11-18 slaydlarda keltirilgan. Keyingi avlodining chegaralari ham yaqqol ko‘rinmoqda. Hisoblash mashinalari rivojlanishining birinchi davri bu mexanik davrgacha bo‘lgan mashinalar.
Birinchi avlod mashinalari. (1950 yillar boshlari) Birinchi avlod EHMlari markaziy protsessorining elementlar bazasi sifatida umumiy soni bir necha o‘n minglarga etgan elektron lampalardan foydalanilgan. Operativ xotira ferrit uzaklar bloklarida qurilgan. Ko‘plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y. ), Ural (1954y. ), M-20 (1959y. ), Minsk -1 (1960 y. ), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. Sekundiga 10000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig‘adi. Operativ xotira hajmi mashinaviy so‘zning uzO’nligi bilan ikkilik rakamlar yoki bitlar (bit-bo‘lak, bo‘lakcha ma’nosini anglatadigan inglizcha bit so‘zidan olingan bo‘lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma’lumotdagi informatsiya miqdori kabi aniqlanadigan informatsiya birligini anglatadi) soni bilan aniqlanadi. Mashinaviy so‘zning standart uzO’nligi 8 ta ikkilik raqamni o‘z ichiga oladi bunday birlikni bayt (bite-bo‘lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. SHunga o‘xshash kattaroq o‘lchov birliklari ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb.