3- maъruza. “YaShil iqtisodiyoT”ni baholash amaliyoti va indikatorlari reja



Yüklə 16,11 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü16,11 Kb.
#173838

3- MAЪRUZA. “YaShIL IQTISODIYoT”NI BAHOLASh AMALIYoTI VA INDIKATORLARI
REJA:
3.1. “Yashil iqtisodiyot”ni baholashning kompleks usuli.
Jahon banki yondashuvi
3.2. 3.2. “Yashil iqtisodiyot”ni baholashda xalqaro tashkilotlar yondashuvi: umumiy va farqli jihatlar

3.3. UNEP va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni baholash
“Yashil iqtisodiyot” kontseptsiyasini amaliyotga tadbiq etish o‘z navbatida samarali qarorlar qabul qilish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi, “yashil iqtisodiyot”ni baholashning ishonchli ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Xalqaro amaliyotda “yashil iqtisodiyot”ni baholash tizimini shakllantirishga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ulardan biri iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlar qiymatini kompleks, ya'ni pulda baholashdir. Misol uchun, jismoniy, tabiiy va inson kapitalining yig‘indisi sifatida baholanadigan milliy boylik hajmi shu tariqa hisoblanadi. Jahon banki mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 1995-2017 yillarda jahon milliy boyligining hajmi deyarli ikki martaga ortgani holda uning tarkibida tabiiy kapital bor-yo‘g‘i 9,0%ni (shundan o‘rmonlar va himoya qilinadigan hududlar 2,0%ni, haydaladigan yerlar va energiya resurslari (qazib chiqariladigan yoqilg‘i) 3,0%ni) tashkil etmoqda va uning jami milliy boylik tarkibidagi ulushi deyarli o‘zgarmagan (3-jadval).
3.-jadval
Jahon milliy boyligining tarkibi55
55Lange, Glenn-Kapital turlari 1995 y. 2017 y.
trln. doll. foizda trln. doll. foizda
Jismoniy (asosiy) kapital 164,8 24,0 303,6 27
Tabiiy kapital 52,5 8,0 107,4 9,0
shu jumladan:
O‘rmonlar va himoya qilinadigan hududlar 14,5 2,0 107,4 2,0
Haydaladigan yerlar 25,9 4,0 39,9 3,0
Energiya resurslari (qazib chiqariladigan yoqilg‘i) 11,1 2,0 39,1 3,0
Metallar va qazilma boyliklar 1,0 <1 10,1 1,0
Inson kapitali 475,6 69 736,8 64
Sof xorijiy aktivlar -2,9 <1 -4,6 <1
Jami milliy boylik 689,9 100,0 1 143,3 100,0
Ma'lumki, iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslarga bo‘lgan yukning ortishi bilan bog‘liq. Tahlillar ko‘rsatishicha, Lotin Amerikasi, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida har bir foizi yo‘qotilgan tabiiy kapital hisobiga 2-3% ortiq iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda. Afrikada esa tabiiy kapitalni yo‘qotish darajasi iqtisodiy o‘sish darajasi bilan deyarli bir xil. Ushbu holat Afrikada tabiiy resurslardan intensiv foydlanilayotganligi va tabiiy resurslar inson kapitalining jamg‘arilishiga yo‘naltirilmayotganligini anglatadi57.
Jahon Banki tomonidan qo‘llaniladigan “yashil iqtisodiyot” ko‘rsatkichlari barqaror iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari tasnifiga kirib, inklyuziv yashil o‘sish ko‘rsatkichlaridan iborat. Jahon Banki Instituti ilmiy izlanishlariga ko‘ra barqaror iqtisodiy o‘sishning inkyuzivligini ta'minlovchi yo‘nalish bu “yashil o‘sish”dir58. Shu bois Jahon Bankitomonidan qo‘llanilayotgan “yashil iqtisodiyot” ko‘rsatkichlari “yashil o‘sishning” quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi: atrof-muhit, iqtisodiy va ijtimoiy. Ular jamiyat, iqtisodiyot va atrof-muhit uchun natijaviy samaradorlikni ifodalash uchun xizmat qiladi

Jahon Banki tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar “yashil o‘sish” natijasida erishish mumkin bo‘lgan potentsial iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholashga xizmat qiladi.60 Jahon Bankining Boylik buxgalteriyasi va ekotizim xizmatlari auditi (Wealth Accounting and Valuation of Ecosystem Services - WAVES61) BMTning Statistik Komissiyasining Ekologik va iqtisodiy hisoblar tizimini (System of Environmental and Economic Accounting - SEEA62) joriy qilishda texnik ko‘mak berib kelmoqda.


3.2. “Yashil iqtisodiyot”ni baholashda xalqaro tashkilotlar yondashuvi: umumiy va farqli jihatlar
Barqaror rivojlanishga erishishda inson farovonligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va atrmof-muhitga yetkazilayotgan zararni minimallashtirish maqsadi xalqaro tashkilotlar tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi umumiy jihat hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi farqli jihatlar esa ular tomonidan qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlar tizimida namoyon bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda “yashil iqtisodiyot”ni baholashda “yashil o‘sish” ko‘rsatkichlaridan keng foydalaniladi. Jumladan, 2009 yilda 34 mamlakat vakillari tomonidan “yashil o‘sish” deklaratsiyasi imzolandi va uzoq muddatli davrda barqaror iqtisodiy o‘sishni faqatgina “yashil o‘sish” hisobidan ta'minlanishi mumkin, degan xulosa qilingan63.
“Yashil o‘sish” an'anaviy iqtisodiy o‘sish tushunchasiga nisbatan yangi, keng qamrovli tushuncha bo‘lib, iqtisodiy o‘sish bilan bir vaqtda yuz beradigan zararlarni (implicit cost) ham hisobga oladi. Jumladan, iqtisodiy o‘sish natijasida tabiatga keltiriladigan zararlar va milliy boylikning kamayishi shular jumlasiga kiradi.64
Iqtisodiy o‘sishning “yashil modeli” agar mukammal ishlab chiqilib, samarali amalga oshirilsa resurslar sarfi jihatdan barqaror ishlab chiqarish, iste'mol tanloviga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
Iqtisodiy sohada:
- yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi va uning aholi o‘rtasida nisbatan teng taqsimlanishi;
- ekotizim xizmatlarini ko‘rsatish hajmining oshishi yoki ularning kamayishining oldini olish;
- iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuvi, ya'ni iqtisodiy risklarni boshqarishning takomillashuvi;
- yashil texnologiyalar, innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish, ya'ni bozorga bo‘lgan ishonchning ortishi.

Ekologik sohada:


- tabiiy resurslardan foydalanishda unumdorlik va samaradorlikning ortishi;
- ekologik chegaralar doirasida foydalaniladigan tabiiy kapital;
- tiklanmaydigan kapitaldan foydalanib boshqa shakldagi kapital (ishlab chiqarish va inson kapitali) hajmining oshishi;
- atrof-muhitga salbiy ta'sir etish darajasining kamayishi va tabiat bilan bog‘liq risklarni boshqarishning takomillashuvi.

Ijtimoiy sohada:


- aholi, jumladan kambag‘allar yashash sharoiti, daromadlari va turmush sifatining oshishi;
- kambag‘allar uchun munosib va aholi turmush darajasini oshirish imkonini beruvchi ish o‘rinlarining yaratilishi va rag‘batlantirilishi;
- ijtimoiy, inson va bilim kapitalining oshishi;
- tabaqalashuv darajasining pasayishi.

3.2-jadval


“Yashil iqtisodiyot”ni baholashda xalqaro tashkilotlar yondashuvi Xalqaro tashkilot “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish maqsadi “Yashil iqtisodiyot” ko‘rsatkichlari
BMTning atrof muhit dasturi Atrof-muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq risklar va ekologik taqchillikni kamaytirish asosida insonlar farovonligini yaxshilash va ijtimoiy tenglikka erishish65 Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatining samaradorligi va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligining ortishini aks ettirish
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Inson farovonligi bilan bog‘liq tabiiy aktivlar barqarorligini ta'minlagan holda iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga ko‘maklashish66 Ushbu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish, iste'mol va ayriboshlash jarayonlaridagi munosabatlar tizimi asosida ishlab chiqilgani uchun “yashil iqtisodiyot”ni uch o‘lchamda (iqtisodiyot, tabiat va jamiyat) baholash imkonini beradi
Jahon Banki Tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta'sir o‘tkazish va uni ifloslantirishni minimallashitirish asosida iqtisodiy o‘sishga erishish. Yashil o‘sish tabiiy ofatlarga, tabiiy kapitalning jismoniy yo‘qotishlariga nisbatan barqaror hisoblanadi67 “Yashil o‘sish” asosida erishish mumkin bo‘lgan potentsial iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash
Global yashil o‘sish instituti Iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta'minlash “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish imkoniyatlarini baholash va barqaror “yashil o‘sish”ni ta'minlash darajasini tavsiflash
Dual Citizen xalqaro agentligi Global yashil iqtisodiyot indeksini hisoblash va “yashil iqtisodiyot”ning amal qilish darajasini aks ettirish

GGGI va Dual Citizen xalqaro agentligi “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni baholashda reyting usulidan foydalaniladi.


Qayd etib o‘tilgan yondashuvlarda “yashil iqtisodiyot” va “yashil o‘sish”ni baholashning umumiy jihatlari bo‘lishi bilan birga farqli tomonlari ham mavjud. Shu bois global darajada hozirga qadar umumlashgan standart ko‘rsatkichlar tizimi qabul qilinmagan. Ushbu ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish borasida yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro tashkilotlar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda68.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va “yashil o‘sish”ni kompleks baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- “yashil o‘sish”ning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorligini ifodalovchi ustuvor indikatorlarni tanlab olish;
- ular yordamida dinamikada samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash,

“yashil o‘sish” jarayoni sur'atlarini aniqlash, “yashil siyosat”ni tartibga solish va monitoringini olib borish;


- samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlarini tanlash va ularga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash;
- ko‘rsatkichlar hisobi va prognozi, jumladan ularga ta'sir qiluvchi omillar imkoniyatlariga muvofiq “yashil o‘sish”ning samaradorlik bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.
3.3. UNEP va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni baholash
UNEP doirasida ishlab chiqilgan “yashil iqtisodiyot” va “yashil o‘sish” ko‘rsatkichlari atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati samaradorligini va shu siyosat natijasida iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ortishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir.69 Ushbu ko‘rsatkichlar uch guruhga bo‘linadi:
1. “Yashil o‘sish” oldiga qo‘yilgan maqsad va mavjud muammolarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
2. “Yashil o‘sishni” tartibga solish dastaklari va chora-tadbirlarini tizimini aniqlovchi ko‘rsatkichlar;
3. “Yashil o‘sish”ning ijtimoiy-iqtisodiy ex-ante ta'siri, ex-post monitoringi va erishilgan natijalarning miqdoriy baholarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish holatini aniqlashda qo‘llaniladigan BMT ko‘rsatkichlari “yashil o‘sish” jarayoni bosqichlari tahlili bilan bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uch bosqichni o‘z ichiga oladi 1. 1. Muammo aniqlash va maqsadni belgilash;
2. Muammoni hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va baholash;
3. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni monitoringi va erishilayotgan natijalarni baholash.
UNEP tomonidan ishlab chiqilgan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni bosqichlari
UNEP tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:
- atrof-muhit;
- amaldagi siyosat;
- farovonlik va ijtimoiy tenglik. UNEP metodologiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar mamlakat xususiyatidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan uyg‘un muammmoga qarab dolzarb ko‘rsatkichlar turi tanlanadi. So‘ngra “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dasturi bosqichlari bo‘yicha muvofiqlashtiriladi.
Yüklə 16,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin