Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni o‘quv va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
4-bo‘lim. GEOMETRIK SHAKLLAR. MANTIQIY TUSHUNCHALAR (20 soat)
106-109-mavzular. Narsaning oynadagi aksi. Simmetriya. Simmetrik figuralar (nuqtalar, kesmalar, ko‘pburchaklar). Bir yoki bir nechta simmetriya o‘qiga ega figuralarga misollar (4 soat).
110-112-mavzular. Narsaning shakli. Tushunchalar: bir xil shaklda, turli shaklda (3 soat).
113-118-mavzular. Sodda yassi va fazoviy shakllar (6 soat).
119-120-mavzular. Uzunlik birliklari – detsimetr, metr. Ular orasidagi munosabat (2 soat).
121-123-mavzular. Xossalariga asosan narsalar to‘plamini bir nechta to‘plamlarga ajratish. Mantiqiy turdagi sodda masalalar yechish (3 soat).
124-125-mavzular. Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
O‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
yassi (nuqta, siniq chiziq, egri chiziq, kesma, burchak, aylana, doira, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat,) va fazoviy (kub, shar) shakllarni tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
nomli kattaliklar (uzunlik, masofa)ni o‘qiy oladi va yoza oladi;
nomli kattaliklar (uzunlik, masofa ) va ular orasidagi munosabatlardan (metr-detsimetr, detsimetr-santimetr, metr-santimetr) foydalanib, kattaliklarni o‘qiy oladi va yoza oladi;
miqdorlarga (uzunlik, masofa) oid kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2 qadamli) yecha oladi.
Dostları ilə paylaş: |