3-§. Matematika fani


-bo‘lim. GEOMETRIK SHAKLLAR. MATNLI MASALALAR



Yüklə 327 Kb.
səhifə10/48
tarix13.03.2023
ölçüsü327 Kb.
#87532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
3-§. Matematika fani umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta

3-bo‘lim. GEOMETRIK SHAKLLAR. MATNLI MASALALAR.
(25 soat)


81-83-mavzular. Uzunlik va uning birligi: santimetr. Chizg‘ich bilan tanishamiz (3 soat).
84-87-mavzular. Kesmaning uzunligi va ikki nuqta orasidagi masofani 1 santimetr aniqlikda o‘lchash va taqqoslash (4 soat).
88-90-mavzular. Berilgan uzunlikdagi kesma yasash (3 soat).
91-92-mavzular. To‘rtburchak turlari (2 soat).
93-96-mavzular. Masalalar yechishni o‘rganamiz. Masalaning sharti va savoli. Sodda va tarkibli masalalar (4 soat).
97-99-mavzular. Qo‘sh ish va ayirish amallarining ma’nosiga oid matnli masalalar (3 soat).
100-102-mavzular. “....taga oshirish”, ....taga kamaytirish” tushunchalarga oid masalalar (3 soat).
103-105-mavzular. Massa o‘lchov birligi - kilogramm. Sig‘im o‘lchov birligi - litr (3 soat).


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;
0 dan 100 gacha sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikki xonali nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
yassi (nuqta, kesma, burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat) figuralarni tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi (masalan, 17+ =29; 21 6=15);
masaladagi vaziyatga oid ifodani, jumladan, noma’lumlarni o‘z ichiga olgan ifodani aniqlay oladi va tuza oladi;
100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
nomli kattaliklar (massa, sig‘im)ni o‘qiy oladi va yoza oladi.
miqdorlarga (massa, sig‘im) oid kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin