81-83-mavzular. Uzunlik va uning birligi: santimetr. Chizg‘ich bilan tanishamiz (3 soat). 84-87-mavzular. Kesmaning uzunligi va ikki nuqta orasidagi masofani 1 santimetr aniqlikda o‘lchash va taqqoslash (4 soat). 88-90-mavzular. Berilgan uzunlikdagi kesma yasash (3 soat). 91-92-mavzular. To‘rtburchak turlari (2 soat). 93-96-mavzular. Masalalar yechishni o‘rganamiz. Masalaning sharti va savoli. Sodda va tarkibli masalalar (4 soat). 97-99-mavzular. Qo‘sh ish va ayirish amallarining ma’nosiga oid matnli masalalar (3 soat). 100-102-mavzular. “....taga oshirish”, “....taga kamaytirish” tushunchalarga oid masalalar (3 soat). 103-105-mavzular. Massa o‘lchov birligi - kilogramm. Sig‘im o‘lchov birligi - litr (3 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;
0 dan 100 gacha sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikki xonali nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
yassi (nuqta, kesma, burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat) figuralarni tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi (masalan, 17+ =29; 21 6=15);
masaladagi vaziyatga oid ifodani, jumladan, noma’lumlarni o‘z ichiga olgan ifodani aniqlay oladi va tuza oladi;
100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
nomli kattaliklar (massa, sig‘im)ni o‘qiy oladi va yoza oladi.
miqdorlarga (massa, sig‘im) oid kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi.