3-§. Matematika fani



Yüklə 327 Kb.
səhifə9/48
tarix13.03.2023
ölçüsü327 Kb.
#87532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
3-§. Matematika fani umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta

51-53-mavzular. 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning o‘nlik tarkibi (3 soat).
54-57-mavzular. Sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘sh ish va ayirish (4 soat).
58-60-mavzular. Hisoblashlarda qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan foydalanish (3 soat).
61-62-mavzular. Sonlarni qo‘sh ish va ayirish yordamida taqqoslash (2 soat).
63-64-mavzular. Sonni bir necha birlikka oshirish va kamaytirish (2 soat).
65-67-mavzular. Burchak turlari. Ko‘pburchaklar (3 soat).
68-80-mavzular. 21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. Ularning o‘nlik tarkibi. O‘nliklar bilan sanash (13 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;
0 dan 100 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki bajara oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
burchaklarning asosiy turlarini (masalan, to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar) tasavvur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi;
ko‘pburchaklarni (masalan, uchburchak, to‘rtburchak) tasavvur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi;
amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.



Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin