2-bo‘lim. SONLI IFODALAR. TENGLAMALAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR (12 soat, A1+: 14 soat) 45-46-mavzular. 2, 3 amalli sonli ifodalar (qavsli va qavssiz). Algoritm tuzishga doir sodda masalalar (2 soat). 47-48-mavzular. Bir nechta teng (bir xil) qo‘sh iluvchilar yig‘indisi. Sonni bir necha teng qo‘sh iluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalash (2 soat). 49-50-mavzular.Sodda va tarkibli masalalarni yechish (2 soat). 51-52-mavzular. Harfli ifodalar. Geometrik shakllarni belgilash (2 soat). 53-55-mavzular.Tenglama. Tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish (3 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 1 soat). Nostandart va qiziqarli masala yechish (A1+: 1 soat). Nazorat ishi (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
nomli kattaliklar (massa, vaqt, masofa, uzunlik, yuza, tezlik) va ular orasidagi munosabatlardan (kilogramm-gramm, soat-minut, minut–sekund, kilometr-metr, metr-detsimetr, detsimetr-santimetr, metr-santimetr, santimetr- millimetr) foydalanib, kattaliklarni o‘qiy va yoza oladi;
nomli kattaliklar (uzunlik, yuz, hajm, massa, vaqt, masofa, tezlik) ning o‘lchov birliklarini biladi va ularning biridan ikkinchisiga O‘ta oladi.
A1+ Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi;
rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi, sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi, fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko‘nikmalarini kundalik hayotida qo‘llay oladi.