3-§. Matematika fani


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 327 Kb.
səhifə25/48
tarix13.03.2023
ölçüsü327 Kb.
#87532
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
3-§. Matematika fani umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
jamoada turli rollarni ijro eta olish.
A1+
jamoada ishlash jarayonida guruh a’zolarning fikrlarini jamlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
A1+
milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rnini tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash va axborot-texnologiyalar vositalardan foydalana oladi.
A1+
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.


2-sinfda o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish (10 soat, A1+: 14 soat)
1-5-mavzular. Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Qavsli ifodalar. Qo‘shishning guruhlash qonuni. Sondan yig‘indini ayirish. Sondan ayirmani ayirish (5 soat).
6-10-mavzular. 0 va 1 sonlari ishtirokida ko‘paytirish. 0 ni songa, sonni 1 ga va sonni o‘zini o‘ziga bo‘lish. Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish xossasi. Ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari. Sonning qismini, qismi bo‘yicha sonning o‘zini topish (5 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).



Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin