Nazorat ishi (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat) .
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
sodda hollarda sonning bo‘luvchilari va karralilarini hamda sonning tarkibini aniqlay oladi;
A1+ bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya(shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv hamda kundalik amaliy vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
A1+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
2-bo‘lim. 10 000 ICHIDA RAQAMLASH. SONLI IFODALAR. TENGLAMALAR. (35 soat, A1+: 49 soat)
43-45-mavzular. Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari (3 soat). 46-48-mavzular. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Rim raqamlari (3 soat). 49-51-mavzular. Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Yechimlarni kalkulyator yordamida tekshirish (3 soat). 52-53-mavzular. Uch xonali sonni bir xonali va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish usullari (2 soat).