1-bo‘lim. SONLAR VA HISOBLASHLAR. 100 ICHIDA O‘NLIKDAN O‘TIB QO‘SHISH VA AYIRISH (35 soat, A1+: 42 soat)
11-12-mavzular. Sonlar o‘qi va uning modellari. (2 soat) 13-15-mavzular: 100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usulllari (3 soat). 16-18-mavzular. Sodda va tarkibli masalalarni yechish (3 soat). 19-22-mavzular. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi. Sonlarni qo‘shishning ustun usuli (4 soat). 23-24-mavzular. Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish (2 soat). 25-27-mavzular. Kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemasining modellari (3 soat). 28-29-mavzular. 100 ichida sonlarni xonadan o‘tib ayirishning yozma usuli (2 soat). 30-32-mavzular. Sonlarni ayirishning ustuncha usuli (3 soat).
33-34-mavzular. Ayirmani topishga doir tarkibli masalalar (2 soat). 35-37-mavzular. Vaqt birliklari: soat, minut. Vaqt, masofa va tezlikni topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar (3 soat). 38-mavzu. Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha (1 soat). 39-42-mavzular. Kvadrat (to‘g‘ri to‘rtburchak), to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlarining xossalari (4 soat). 43-44-mavzular. Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish. Noma’lum tarkibiy qismni topish. Axborotni saqlash (2 soat). Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat). Nostandart va qiziqarli masalani yechish (A1+: 1 soat). Reja tuzish mashqlari (A1+: 1 soat).