Takrorlash. Materialni tizimga solish va umumlashtirish (9 soat, A1+: 14 soat) Nazorat ishi (1 soat) Mavzularni o‘rganish uchun - 148 soat (A1+: 216 soat) Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+:8 soat) Xatolar ustida ishlash uchun - 5 soat (A1+: 5 soat) Takrorlash uchun - 9 soat (A1+: 9 soat) Jami - 170 soat (A1+: 238 soat)
4-SINF (170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A1 o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A1+ Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
A1+ mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.