Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi.
A1+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
101-103-mavzular. Koordinata burchagi. Grafikli ma’lumotlar (3 soat). 104-106-mavzular. Nuqta koordinatasi (3 soat). 107-109-mavzular.Ko‘pyoq. To‘g‘ri burchakli parallelepiped (3 soat). 110-112-mavzular. Fazoviy shakllar. Kub va uning elementlari (3 soat). 113-114-mavzular. Tasvirlarda ko‘ringan va yashiringan elementlarni aniqlash. Chizmada parallelepiped (kub)ning elementlarni bo‘yash (2 soat). 115-118-mavzular. Figuralarning yuzini topishga oid masalalar (4 soat). Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat). Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 1 soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 1 soat). Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat). Reja tuzish mashqlari (A1+: 1 soat). Nazorat ishi (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: