Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi.
A1+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
3-bo‘lim. MILLION ICHIDA SONLARNI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH (35 soat, A1+: 49 soat)
42-43-mavzular. Bo‘lish va ko‘paytirish amali bilan yechiladigan masalalar (2 soat). 44-45-mavzular. Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar (2 soat). 46-50-mavzular. Tenglamalarni yechish. Tenglamalarga olib kelinadigan masalalar yechish (5 soat). 51-52-mavzular. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari. Ularni hisoblarda qo‘llash (2 soat) 53-55-mavzular. Bir xil ko‘paytuvchilarni sonning darajasi ko‘rinishda ifodalash (3 soat). Nazorat ishi (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat). 56-59-mavzular. 10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish. Masshtab (4 soat). 60-62-mavzular.Kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalar. Formulalar (3 soat). 63-65-mavzular. Shkalalar (3 soat). 66-67-mavzular. Sonli ifodalarning qiymatini hisoblash (2 soat). 68-69-mavzular. Miqdorlarni (kattaliklarni) bir va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish (2 soat). 70-72-mavzular. Amaliy masalalar yechish. O‘rtacha tezlikni topishga doir masalalar (3 soat). Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat). Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat). Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 3 soat). Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).