24-mavzu. Qo‘sh ishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi (1 soat).
25-mavzu. Natijani tekshirish usullari (1 soat). 26-27-mavzular. Tenglamalarni yechish (2 soat). 28-29- mavzular. Tengsizliklar (2 soat). 30-mavzu. Miqdorlarni qo‘sh ish va ayirish (1 soat). 31-32-mavzular. O‘rta arifmetikni topishga doir masalalar yechish (2 soat). 33-mavzu. Massa birliklari: gramm, kilogramm, tonna (1 soat). 34-36-mavzular. Ikkilik sanoq sistemasi. Axborot o‘lchov birligi (bit, bayt, kilobayt) (3 soat). 37-mavzu. Geometrik mazmundagi amaliy masalalar (1 soat). 38-39-mavzular. Mantiq elementlari (2 soat). 40-41-mavzular. Blok-sxema ko‘rinishda berilgan masalalar (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat). Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat). Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat). Nazorat ishi (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;
murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.
A1+ bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.