Diqqat_psixodiagnostikasi.__2._Diqqat_psixodiagnostikasida_korrektur_sinov_va_Gorbov_Shulte_jadvallaridan_foydalanish_masalalari.'>1. Diqqat psixodiagnostikasi.
2. Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari.
3. Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
4. Xotira psixodiagnostikasi.
5.Xayolni diagnostika qilish metodlari.
Tayanch tushunchalar:
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi.
Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.