Amaliy psi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/19
tarix26.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#148784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Й Джахангиров Эксперементал психология Мустакил иш

SEGEN DOSKASI

Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi.

1 -rasm. Segen doskasi
Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 2 - doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki qismdan iborat; 3 - doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada ikki qismdan iborat 5 figura.
Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir figurani o‘z joyiga qo‘yishni so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2-3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning o‘zi topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va xato qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‘yishda bola qanchalik diqqat-e'tiborli, buni u qanchalik o‘rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni bajarish vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qog‘ozga yozib boriladi (3-jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin.
3-jadval
Figuralarni joylashtirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish qarori


Doska №

Sinaluvchi harakatlari

Ko‘rsatilgan yordam turi

Topshiriqni bajarish vaqti









Bu metodika juda sodda bo‘lib, 3 yoshdan katta bolalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Bolalar figuralarni o‘yin deb qabul qilib, bu topshiriqlarni qiziqib bajaradilar.


P'eron- Ruzer metodikasi

Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).
Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval).


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin