Matematik to`garak, matematik o`n minutliklar tayyorlash va o`tkazish metodikasi. REJA: 1. Matematika to`garagi
2. Matematik 10 minutliklar
Tayanch tushunchalar:Geometrik figura, qobiliyat, individual, matematika to`garagi.
Adabiyotlar
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo`latova M.I. Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.
4. Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003 yil
Matematikato`garagi Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishning asosiy formasi matematika o`garagidir.Maktabda matematika to`garagi bo`lsa, sinfdan tashqari ishlarning boshqa hech qaysi shakli (matematik olimpiada, matematika kechasi o`tkazish va matematika gazetasi chiqarish) mumkin bo`lmaydi, chunki maktabda matematika ishlarini tashkil qiladigan aktivlar to`garak a‘zolaridan iborat bo`ladi. Tajriba kichik yoshdagi o`quvchilar bilan 1-sinfdan (II-chorakdan) boshlab to`garak mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish mumkinligini ko`rsatmoqda. Ammo odatda bu ishni II-IV sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladi.
Matematika to`garagi ishi, uni to`g`ri tashkil qilganda va uni tkazish metodikasidan to`g`ri foydalanganda, o`quvchilarda matematikaga qiziqish uyg`otish va bu qiziqishni rivojlantirish, ularning bilim va matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko`nikmalarini singdiradi, o`z kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalar to`garak ishi jarayonida o`zlarining matematikaga qiziqishi o`sganligini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta ahamiyatga ega. Shu boisdan o`tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini o`quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta‘kidlagan holda to`la batafsil tahlil qilish kerak.
To`garakning ba‘zi mashg`ulotlariga o`quvchilarning ota-onalarini ham taklif qilish mumkin. Matematik savollar va masalalarning turli-tumanligiga qaramay kichik yoshdagi o`quvchilar bilan o`tkaziladigan to`garak mashg`ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak.
Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog`lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog`lanish ta‘minlanishi kerak.
2. O`rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo`lishi, ya‘ni o`quvchilarni kelajakda o`rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to`plam, funksional bog`lanish, algebraik simvolika, tenglamalar, grafiklar ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va hokazolarni o`rganishga tayyorlashga ega bo`lishi mumkin.
3. O`rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muxabbat va uni o`rganishga qiziqish uyg`otadigan asosiy ta‘lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo`lishi kerak.
Qiyinroq misol va masalalar yechish, o`quvchilar tafakkurini, konkretdan abstraktga o`tish, zarur umumlashtirishlarni qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish va hokazolar to`garak ishi mazmuniga kiradi. Qizikarlilik xarakteridagi mashqlar, arifmetik fokuslar, «ajoyib kvadrat»lar, topishmoqlar, qiziqarli o`yinlar, she‘rlar va katta o`rin oladi. Shu bilan birga materialni qiziqarli bo`lishi yagona maqsad emas qaraladigan matematik qoidalar, qonuniyatlarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi. To`garak mashg`ulotlarida o`qituvchilar suhbatlariga, to`garak a‘zolarining chiqishlariga katta o`rin ajratiladi, ba‘zi nazariy material o`qituvchilar suhbatlarida bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi.
Matematika to`garagida bir gruppa bolalarning ishtirok qilishi va ularning qiladigan ishlari faqat to`garak qatnashchilarigina emas, balki sinfdoshlarning hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir. To`garak a‘zolari qo`shma to`garak tayyorlashda, ekskursiya o`tkazishda, matematika gazetasi chiqarishda, matematika burchagi tashkil qilishda, shu singari ishlarda o`qituvchiga yordam beradi. To`garakda o`qituvchilar masalalar yechish bilan birgalikda arifmolitr yoki cho`tdan foydalanib, tez hisoblash va yer ustida o`lchash ishlarini bajarish malakalarini hosil qiladilar.
O`qituvchi to`garak a‘zolari bilan haftada bir marta o`tkaziladigan mashg`ulotlarni oldindan rejalashtiradi. To`garak mashg`ulotlarini 2-sinflarda 30-35 minut, 3-4-sinflarda 35-40 minut davomiyligida o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Matematik to`garak ishini rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, alohida olingan mashg`ulot qo`yilgan masalalarni to`la hal qilmaydi. Hamma rejalashtirilgan mashg`ulotlarning o`rganilishi nazarda tutilgan savollarning to`la ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan o`ylab qo`yilgan sistemasi zarur.
Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga mo`ljallangan reja tuzish kerak. Bunda butun materialni shunday taqsimlash lozimki, u shu vaqtda darsda o`rganilayotgan mavzular bilan bog`lik bo`lsin. Mashg`ulotlarni o`tkazishning boshida rejada o`zgarishlar, to`ldirishlar kiritiladi. Mavzuni butun o`rganishni qiyinroq masalalarni yechish, shuningdek topqirlik, ziyraklik, diqqat talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli savollarni almashlab borish foydalidir. Boshlang`ich sinflarda quyidagi mashg`ulotlarni o`tkazish mumkin: