Elektron mikroskoplar



Yüklə 0,95 Mb.
tarix26.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#148680
mikroskoplar

Elektron mikroskoplar

BAJARDI:__________________________________________________


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TOSHKENT
DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

Mikroskop va linzalar

  • Hujayralar turlicha oʻlchamga ega boʻlsa ham, umumiy olganda baribir ular kichik hisoblanadi. Masalan, inson qizil qon tanachasining oʻlchami sakkiz mikrometrga teng (0.008 mm). Biroz tasavvur hosil qilish uchun toʻgʻnagʻichning uch qismini olaylik, u 1 mm keladi, demak, bitta toʻnagʻichning uch qismiga 125 ta qizil qon tanachasi joylashishi mumkin. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda, yakka hujayraning oʻzini oddiy koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi, shu sababdan olimlar hujayralarni oʻrganish uchun mikroskoplardan (micro-=“kichkina”;-scope=“qarash”) foydalanishadi. Mikroskop koʻrish uchun juda ham kichik boʻlgan jismlarni kattalashtirib koʻrsatuvchi asbob hisoblanadi. Aksariyat hujayra rasmlari mikroskop yordamida olingan, shu sababli bu rasmlarni mikrograf deb ham atash mumkin.

Mikroskop bu shunchaki kattalashtiruvchi oyna degan tasavvur hosil boʻlishi mumkin. Aslida kattalashtiruvchi oynalar ham mikroskop vazifasini bajaradi; ularda bitta linza boʻlgani uchun oddiy mikroskop deb ataladi. Biz ishqiboz boʻlgan va mikroskop deb hisoblaydigan asbob esa murakkab mikroskop hisoblanib, bu ularda koʻplab linzalar borligini anglatadi. Mana shu linzalarning oʻziga xos tartibda joylashishi hisobiga oddiy kattalashtiruvchi oynadan farqli ravishda, murakkab mikroskoplar yorugʻlikni kuchli sindirib anchagina katta tasvir hosil qila oladi.

Murakkab mikroskopda ikkita linzaning oʻzaro joylashishi ajoyib natijani hosil qiladi: siz koʻrayotgan tasvirning joylashuvi siz oʻrganayotgan obyektga nisbatan teskari koʻrinadi. Masalan, mikroskop ostida “e” harfini kuzatayotgan boʻlsangiz, mikroskop orqali bu tasvir sizga “ə" shaklida koʻrinadi. 11start superscript, 1, end superscript Biroz mukammal tuzilishga ega boʻlgan murakkab mikroskoplarda teskari tasvir hosil boʻlmasligi mumkin, chunki ularda tasvirni “oʻz holiga oʻgiruvchi” linza mavjud.

Yorugʻlik mikroskoplari

  • Oʻquvchilar foydalanadigan mikroskoplarning koʻpchiligi yorugʻlik mikroskoplari hisoblanadi. Yorugʻlik mikroskopida koʻrinadigan yorugʻlik nurlari namuna (biz kuzatayotgan biologik surtma) orqali oʻtadi va linzalar orqali qaytib, kuzatuvchiga kattalashgan tasvirni koʻrish imkonini beradi. Yorugʻlik mikroskopining ahamiyatli jihati shuki, u orqali tirik hujayralar ustida ham kuzatish olib borish mumkin, yaʼni normal hayotiy jarayonlarni (masalan, koʻchayotgan yoki boʻlinayotgan) amalga oshirayotgan hujayrani kuzatish mumkin.

Elektron mikroskoplar

  • Yorugʻlik mikroskopining zamonaviy turlari (biz yuqorida koʻrib oʻtgandan tashqari) juda ham yuqori aniqlikka ega tasvirlarni hosil qilishi mumkin. Ammo juda kichik boʻlgan jismning yuqori aniqlikka ega tasvirini koʻrishni xohlasangiz, sinalgan va munosib boshqa texnologiyadan foydalanishingizga toʻgʻri keladi: elektron mikroskoplari. Elektron mikroskoplari yorugʻlik mikroskoplaridan farq qiladi, ular namunaning tasvirini hosil qilishda yorugʻlik oqimidan emas, balki elektron oqimidan foydalanadi. Elektronlar koʻrinadigan yorugʻlik nurlariga qaraganda qisqaroq toʻlqin uzunligiga ega va shuning hisobiga standart yorugʻlik mikroskoplariga nisbatan elektron mikroskoplari yuqori aniqlikka ega tasvirni hosil qiladi. Elektron mikroskoplari faqatgina yaxlit hujayrani tekshirish uchun qoʻllanib qolmasdan, hujayraviy tuzilmalar va uning qismlarini oʻʻrganishda ham qoʻl keladi.

Elektron mikroskopning ikki asosiy turi mavjud. Skanerlovchi elektron mikroskop (SEM)da elektron oqimi ortga qaytadi va hujayra yoki toʻqima yuzasiga kuch bilan urilishi natijasida shu yuzaning 3D tasvirini hosil qiladi. Yuqori oʻng tomondagi Salmonella bakteriyasi tasvirini olishda shu mikroskop turidan foydalanilgan.

Transmissiyalovchi elektron mikroskop (TEM)da esa, aksincha, tasvir olinishidan oldin oʻrganilayotgan namuna yupqa qatlamlarga kesiladi (masalan, olmosdan yasalgan kesuvchi qirra orqali) va elektron oqimi shunchaki uning yuzasidan emas, balki qatlamlar orasidan oʻtadi55start superscript, 5, end superscript. Hujayra ichki tuzilmalarini oʻrganishda asosan TEMdan foydalaniladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin