Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraliKida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida xosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan gurux diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung kuyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nukta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4