erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli
faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan,
faqat
muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki,
nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni
boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning bar-cha
harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki
barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffaqiyatsizliklardan qochish motiviga tayangan
shaxslarga kuzatish
mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham
muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda kuproq ishonchsizlik,
yutuqqa erishishga ishonmaslik pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab «O‘zi sira omadim yurishmaydigan
odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli
tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni
yakunlangandan so‘ng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan
tushkunlikka tushadilar va
og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli
katta. Agar muvaffaqiyatni yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi
ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bundan tashqari har
birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning
faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki,
mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga
ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob
bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: