3 -mavzu Matn va uning turlari


Kutubxona katalogidan foydalanish



Yüklə 353,84 Kb.
səhifə2/2
tarix07.12.2022
ölçüsü353,84 Kb.
#72882
1   2
3 mavzu Matn va uning turlar

Kutubxona katalogidan foydalanish
Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz. Masalan, sizga esse mavzusi berilgan bo‘lsin:
“Baland binolar balandligiga amaliy chegara bormi? Javobingizni yaqinda qurilgan bir necha osmono`par binolar misolida keltiring”.
Siz harakat qilishingiz mumkin:
 Osmono`par dizayn
 Osmono`par konstruksiya
Baland bino dizayni
 Baland bino konstruksiyasi

Agar siz maxsus fraza ishlatsangiz, siz bir necha sarlavhalarni topishingiz mumkin. Masalan, “Osmono`par ko struksiya”ga bitta kutubxona katalogida 3 ta narsa bor, lekin “osmono`parlar” kabi umumiyroq so`zda 57 ta topiladi.


 Siz kutubxona katalogiga “osmono‘par” so‘zini kiritdingiz va quyida dastlabki 10 ta natija berilgan. Yuqoridagi esse mavzusiga javob berish uchun, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Sababingizni keltiring.



To‘liq detallar. Agar siz shuni bossangiz, kitob haqida ko‘proq ma’lumot olasiz. Agar kitobning birdan ortiq nashrlari bo`lsa mavzuyingizga mosini taklif etadi.
Yil. Kitobning qachon ro‘yxatga qo‘shilganini ko‘rsatadi, har doim yangilanganini ishlatishga urining.
Manzil. Ko‘plab katta universitetlarda bittadan ortiq kutubxonalar bor. Bu sizga kitob qaysi birida saqlanayotganini aytadi.
Mavjudligi. Agar siz borni bossangiz, kutubxonada necha nusxa borligini va olishga imkon borligini ko‘rsatadi.
Tanqidiy yondashuvlarni rivojlantirish
Talabalar manbalarga tanqidiy yondashuvda bo‘lishi kerak va bu yozilgan matnlarni yaxshi tushunishni talab etadi.
Bu birlik:

O‘qish usullari
Talabalar uchun o‘qish qobiliyatining muhimligini chamalash oson. Asosiy kurs uchun talab qilingan miqdorda akademik matnlarni o‘qish katta kuch va g‘ayrat talab qiladigan vazifa. Talabalarga faqat ma’ruza va seminarlarga qatnashish kifoya qilmaydi, asosiysi yozish vazifalari ko`p o‘qishni talab qiladi.
Akademik matnlar ko‘pincha yangi so‘z va frazalarni o‘z ichiga oladi.Matn rasmiy uslubda yozilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz boshqa tilda o‘qiyotganingizda muhim bo‘lgan, talab qilingan matn miqdorini uddalashda maxsus usullarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qisqa qilib aytganda, mavzuda bayon etilgan har bir so‘zni o‘qishga sizning vaqtingiz kam, shuning uchun siz birinchi nimani o‘qishingizni diqqat bilan tanlashingiz kerak, so`ng, uni to‘laligicha tahlil qiling.
Ro`paradagi xarita mos matnlarni tanlash uchun eng yaxshi yondashuvni ifodalaydi.
Xaritadagi bo‘sh qutilarni quyidagi usullar bilan tugallang:
 Asosiy nuqtalarda eslatma qilish uchun jadalni o`qing.
 Sizga kerak bo‘lgan ma’lumot uchun matnni tekshiring (masalan, ismlar)
 Matn xususiyatlarini ko`rib chiqing (masalan abstrakt, tarkib, ko‘rsatkich)
Yüklə 353,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin