3- mavzu: psixologik eksperimentning asoslari reja



Yüklə 19,03 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü19,03 Kb.
#160807
  1   2
3- mavzu psixologik eksperimentning asoslari reja


3- MAVZU: PSIXOLOGIK EKSPERIMENTNING ASOSLARI
Reja:

  1. Muammoning amaliy jihatdan o`rganish mohiyati.

  2. Kuzatish dastlabki manbalarni to`plash metodi sifatida.

  3. Ilmiy farazlarning shakllantirilishi.

  4. Laboratoriya eksperimentining o`ziga xosligi.

  5. Tajribani rejalashtirish.

6. To`plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.
Tayanch tushunchalar: Muammoning amaliy jihatdan o`rganish mohiyati.
Kuzatish dastlabki manbalarni to`plash metodi sifatida. Ilmiy farazlarning shakllantirilishi. Laboratoriya eksperimentining o`ziga xosligi. Tajribani rejalashtirish. To`plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.

B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob’ektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining gneseologik obektidir.


Psixologiyada empirik metodlarni qo`llash muammosini ko`rib chiqilayotganda (agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar tizimidagi o`rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo`lmaganda beshta darajasini ajratish mumkin.

  1. Metodika darajasi.

  2. Metodik qo`llanma darajasi.

  3. Metod darajasi.

  4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.

  5. Metodologik yondashish darajasi.

To`gri «metod» atamasining darajasini xohlagancha ishlatsa bo`ladi, masalan psixofizikada – o`rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada – proyektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to`grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to`rtinchi daraja) ko`rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo`llaniladigan usullarning darajali bo`lishini G.D.Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo`lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish;
2) metodik qo`llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko`rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki»ga bo`lingan, eksperiment–labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik – pedagogik, qo`shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o`rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o`tdi. Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta’kidladi. Shunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog‘liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro`yxatga qo`shilishi bilan rag‘batlantirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko`lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi – bolgar psixologi G.D.Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondoshuvlarni ta’kidlab o`tdi. Shu metodlarning har biri bir qancha turlargalarga bo`linadi. Shunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalarga, so`rovnomalarga faoliyat maxsullarini o`rganishga va boshqalarga bo`linadi.
B.G.Ananev Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma’lumotlarni qayta ishlash usullari;
4) sharhlash metodlariga bo`ldi.
Tashkiliy metodlarga Ananev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi.
Uchinchi guruhda ma’lumotlarni matematik-statistik analiz metodi va sifatli tavsiflanishi kiritiladi. Nihoyat, to`rtinchi guruhni genetik va struktura metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko`pgina yechilmagan muammolar qolyapti:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo`lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o`tish ahamiyatliki, bu yerda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko`rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o`rni bo`yicha «oraliq» empirik va nazariy o`rtasida, empirik kuzatishlar ma’lumotlari interpretatsiyasi va qayta ishlash tafakkur qilish metodlaridir. M.S.Rogovin va T.B.Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob’ekt va sub’ekt orasidagi ba’zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi.
1) germenevtik – fanning bo`linmagan holatiga to`gri keladi.
2) biografik metod psixika to`g‘risidagi fanning yakka ob’ektiv idrokini ko`rsatish.
3) kuzatish – idrok ob’ekti va sub’ekti differetsiatsiyasi.
4) o`z-o`zini kuzatish-ob’ektni oldingi differentsiatsiya asosida ob’ektga aylanishi.
5) klinik-birinchi o`ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o`tish vazifasi chiqadi.
6) eksperiment ob’ekt idrokining sub’ektga aktiv qarishligi sifatida, sub’ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo`lsa ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog‘liqligi bizni qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o`ylab yoki o`ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo`shishga majbur bo`ldilar. Bu metodni qo`llashda «idrokning sub’ekt va ob’ekti qarama- qarshi qilib qo`yilmaganmi?
Model – bu bir sub’ektining boshqa bir sub’ektga ratsional qarshiligi, sub’ektning ob’ektga va o`ziga nisbatan refleksivsiz muomalasi mumkin emas-ku, degan savol tug‘iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metodi va psixologik metodlar orasida umuman, amalda «teng» belgisi qo`yiladi, ularning spetsifikasini aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir:
Empirik, tekshirish sub’ekti va ob’ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiririladi.
Nazariy, sub’ekt ob’ektning hayotiy modeli bilan o`zaro munosabatda bo`ladi.
Interpretatsiya (qayta ishlash) va tasvirlash, bunda sub’ekt «tashqaridan» ob’ektning simvolik – belgisi xayoli bilan munosabatda bo`ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma’lumotlar hisoblanadi, ob’ekt sharoitini asboblar yordamida o`rganadi.
Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shaklidagi predmet haqidagi bilim bilan qo`shilgan.
Nihoyat, qayta ishlash- tushuntirish metodi- bu nazariy va eksperimental metodlarni qo`llanilishda, ularning o`zaro munosabati natijalarining «uchrashish joyi»dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o`tamiz:
1) deduktiv –umumiydan xususiyga. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o`tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduksiya», xususiydan xususiyga ongga kiritish. Natija- ob’ekt, jarayon, sharoit modeli.
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy yetuklik metodlarini saralash kerak. Aqliy yetuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta’limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o`z o`rnini topadi.
Psixolog xuddi faylasuf kabi uning nuqtai nazarida ishlatiladigan psixik reallik modellarini yoki uni alohida tashkil qiluvchi modellarini yaratadi. Aqliy yetuklikni mahsuli o`qish hisoblanadi, ya’ni ba’zi bir butun fikriy mahsulot, qaysi o`qida ratsional va irrotsianal bilimlar tomonlarini birlashtiruvchi, empirik tadqiqotdagi o`zining falsifikatsiyasini ko`zlaydigan, ammo ba’zi reallikni tushuntirishdagi to`liqlik va birdamlikka intiluvchi.
Modellashtirishning 2 ta asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli va funktsional – strukturali.
Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi hulq - atvoriga qarab tizimni aniqlab o`tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruktsiya qiladi – boshqa tizimni o`xshash hulq - atvorga bo`lgan. Bunday hulq - atvor strukturalarning o`xshashligi haqida mulohaza qilishni qo`yib beradi.
Modellashtirishning bunday ko`rinishi psixologik tadqiqotning asosiy metodlaridan hisoblanadi, hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona hisoblanadi. Ikkinchi holatda modellar va obrazlar strukturalari o`xshashligida tadqiqotchi funktsiyalar va tashqi ko`rinishlarda va boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod ko`p fanlarda tarqalgan, ayniqsa solishtirma anatomiyada, poleontologiyada, va boshqalarda.
Tabiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. Ammo har bir narsa xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S. Rogovin va G.V. Zalevskiylarni germenivtik metodlar soniga modellashtirish metodini kiritishga turtki bo`lgan funktsional – strukturani modellashtirish va germenevtik metodlarni o`xshashligi bor.

Shunday qilib, «toza siqilish» degan tushunchadagi aniq boshqa odamning psixik realligining sub’ektiv modelidan psixik reallikning nazariy modelini ajratish kerak. Psixik jarayonlarning o`xshashligi - ilmiy metodlarning o`xshashligi emas.


Yüklə 19,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin