3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi


Yurak va qon tomir kasalliklarining



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə5/10
tarix11.03.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#87384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 – MAVZU

Yurak va qon tomir kasalliklarining ko‘p uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog‘ va tuz moddalari to‘planishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo‘rtlashib va torayib qolishi), giðertoniya (arterial qon bosimining ko‘tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo‘ladi), miokard infarkti (qon
aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi.Bulardan tashqari, maktab yoshidagi bolalarda ko‘p
uchraydigan angina, surunkali tonzillit (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig‘lanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chog‘idanoq ish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug’ullanish kerak.
ENDOKRIN TIZIMI TUZILISHI.
Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi:
1. Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak
(quloqoldi, tilosti va jag‘osti) hamda me’da va ichak shilliq qavatidagi
shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda hosil bo‘ladigan
suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar
tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida
joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar
organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Shuning
uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari, deb ataladi. Ichki
sekretsiya bezlariga giðofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon orqa, ayrisimon,buyrakusti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat
bo‘lib, bir qismida ishlab chiqariladigan
suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlariga o‘xshab tashqi
muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan
suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlari singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga me’daosti va jinsiy bezlar kiradi.
. Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon, deb ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning to‘qimasidan o‘tayotgan qon va limfaga quyiladi.Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar nihoyatda oz miqdorda, ya’ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi barcha moddalar almashinuvi
jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning endokrin sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas
bog‘liq.Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon, deb ataladi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin