Buyrakusti bezi (1); buyrak (2). Me’daosti bezi. Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16—20 sm,massasi 70—80 g. Me’daosti bezi aralash bez bo‘lib, to‘qimasining 98—99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda
ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to‘qimasining 1—2% i,ya’ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.
Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni ishlab chiqariladi.
Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to‘planishini ta’minlaydi. Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohidamuskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to‘planishini ta’minlaydi.
Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80—120 mg % bo‘ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150—250 mg %
ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali
siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog‘lom odamning siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140—150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi.
Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste’mol qiladi.
Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to‘qimalarda o‘zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur bo‘ladi. Aks holda teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib,glukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil,yog‘ moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik
bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi,
kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.