Tayyorlash bosqichi. Tayyorlash bosqichi ijodiy xodimlar har qanday
xurofotlardan xoli bo’lgan holda va ma’lumot avvaldan o’ylab qo’yilgan
andoza
qoliplariga zo’rlab tiqishtirilmagan taqdirda samaraliroq natija beradi.
«Inkubatsiya» bosqichi. Bu bosqichda «ertagacha bir gap bo’lar» degan
qadimiy matal ish beradi. Ijodiy xodim muammoni o’zining go’yo idrok
qilmasada, samarali mehnat qilishga qodir tuyulgan g’ariziy ongi(podsoznanie)ga
o’tkazadi. Muammodan vaqtincha «chetlashish» charchoqni bosadi va g’ariziy
ongga bemalol o’z mo’jizalarini yaratish erkinligini beradi.
«Ravshanlashish» bosqichi. «Evrika - topdim». Bu bosqichda qandaydir
urfoniy bir narsa bor, zero kutilmaganda yo’q joydan g’oya paydo bo’ladi. Aftidan
samarali reklama e’lonining 1) mo’ljaldagi auditoriya diqqatini
jalb etishi va tortib
turishi; 2) Bevosita yoki bilvosita auditoriya ongida reklama predmeti haqidagi
zarur tasavvurlarni uyg’otishi; 3) ijobiy javob reaksiyasini keltirib chiqarishi
kerakligi hech kimda e’tiroz tug’dirmasa kerak.
Kommunikatsiya sohasida reklama orqali hal etilishi zarur bo’lgan
muayyan/aniq vazifalarni marketing amalga oshirilgach shakllantirilishi kerak
Agar murojaat maqsadi aniq belgilangan bo’lsa, e’lon
yaratish asosiy maqsadga
aylanib qolmasdan, ko’proq muayyan natijaga erishish vositalarnini izlashdan
iborat bo’ladi.
Matn tuzuvchi diqqatining qoq markazida reklama matni qaratilgan odamlar
bo’lishi kerak. Xuddi tarjimonning muvaffaqiyati kabi matn ijodkorining yutug’i
ham asosan uning potensial xaridorlar tilida gapira olish qobiliyatiga bog’liq.
Shunchaki so’zlar bilan emas, ehtiyojlar, talablar, e’tiqodlar, qadriyatlar va
maqsadlar tilida.
Ijod kishisining gaplar tuzishga tayyorligi. Ijod kishisining gaplar tuzishga,
g’oyalarni nazariylashtirish va tekshirib ko’rishga tayyorligi, aftidan, mazkur
shaxsning reklamaga qo’shgan eng katta hissasi bo’ladi.
Odatda matn yaratilishi
vaqtida, go’yoki umumiy auditoriyadan bir kishi ajratib olinib, aynan o’sha
shaxsga mo’ljallab yozilgan hollarda yaxshiroq chiqadi.
Dostları ilə paylaş: