3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari


Reklama strategiyasini ishlab chiqish



Yüklə 410,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix15.06.2023
ölçüsü410,26 Kb.
#131044
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Реклама 2015

Reklama strategiyasini ishlab chiqish. Marketing strategiyasi maqsadlariga 
mos kelishdan tashqari, firmaning reklama faoliyati firmada vujudga kelgan 
kommunikatsiya siyosati doirasida amalga oshirilishi lozim. Kommunikatsiya 
siyosatini tashkilot tomonidan o’z marketing maqsadlariga erishish uchun 
kommunikatsiya sohasida harakat qilish va qarorlar chiqarish uchun qabul qilingan 
umumiy dasturilamallar, mezonlar, mo’ljallar tizimi deb ta’riflash mumkin. 
Kommunikatsiya siyosati kommunikatorlar tanlagan kommunikatsiya 
strategiyalari yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda bu strategiyalar 
ko’pincha yagona uyg’unlashgan marketing kommunikatsiyalari strategiyasiga 
birlashtiriladi. Uning bo’limlari sifatida marketing kommunikatsiyasining alohida 
vositalari, shu jumladan, reklama bo’yicha ishlab chiqiladigan strategiyalarni 
ko’rib chiqish mumkin. Reklama strategiyasini ishlab chiqish jarayoni haqida 
batafsilroq to’xtalamiz. 
Reklama strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) mo’ljaldagi 
auditoriya: 2) reklama predmeti, tovar konsepsiyasi; 3) reklama kommunikatsiyasi 
kanallarini ishlab chiqish; 4) reklama murojaati. 
Mo’ljaldagi auditoriya reklama kommunikatsiyasi adresatini tashkil etadi. 
Reklama strategiyasini shakllantirishda boshqaruvchi reklama predmeti haqida 
aniq tasavvurga ega bo’lishi bilan birga uning konsepsiyasini ham ishlab chiqishi 
kerak. Reklama qilinayotgan tovar konsepsiyasi ushbu holatda reklama tovarni 
mo’ljaldagi auditoriyaga qay tarzda taqdim etishining sodda bayonidan iborat 
bo’ladi. Bu reklama strategiyasining boshqa barcha elementlarga katta ta’sir 
ko’rsatadigan eng murakkab elementlaridan biridir. Sodda bayon ko’pgina 
savollarga javob topishni talab qiladi: *tovar bozorda qanday joylashtiriladi? 
Uning muayyan xos bozorga aloqadorligi va asosiy raqobatchilardan ajratib 
turadigan asosiy belgilari qanday? Uning marketing kompleksidagi o’rni qanday? 
Tovar yashovchanlik davrining qaysi bosqichida? U qaysi tovarlar guruhiga 
mansub? Qadoqlanishi, sifati, markasi/tamg’asi qanday?
Reklama faoliyatini tashkil etish. «Tashkil etish» degan boshqaruv kategoriyasi 
yetarlicha keng va ko’pma’noli tushunchadir. Agar u boshqaruv vazifasi nuqtai 
nazaridan ko’rib chiqilsa, ikki asosiy yondashuvni farqlash mumkin. Birinchi 
yondashuv ancha tor bo’lib, u tashkil etishni «odamlarga birgalikda maqsadlariga 
erishish yo’lida samarali mehnat qilish imkoniyatini beradigan korxona 
strukturasini yaratish jarayoni» sifatida talqin etadi. Ikkinchi yondashuv tashkil 
etishni firma rejalarini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar, jarayonlar va turli 
tuman strukturalar yig’indisi sifatida ta’riflaydi. 
Boshqaruvchilar amalga oshiradigan asosiy tashkiliy vazifalar quyidagilardan 
iborat: 
1.Xodimlarga rahbarlik.
2.Ishni xodimlar orasida taqsimlash. 
3.Mas’uliyatlarni topshirish, ya’ni vazifa va vakolatlarni ularni bajarilishi 
uchun javobgarlikni qo’l ostidagi xodimga berish.
4.Ishni muvofiqlashtirish, ya’ni xodimlar, bo’linmalar va tashqi strukturalararo 
firma oldidagi vazifalarini to’la bajarish va ichki ziddiyatlarni bartaraf qilish 
imkoniyatlarini yaratuvchi samarali munosabatlarni ta’minlash.


5.Byudjetni ishlab chiqish muayyan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun 
zarur. 
Reklama faoliyatini tashkillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. 
Agar uning ishtirokchilari haqida gapiradigan bo’lsak, reklama faoliyati 
subyektlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin: 1) reklama beruvchilar — 
o’zini, o’z tovarlari va xizmatlarini reklama qiluvchi tashkilot va firmalar; 2) 
reklama agentliklari – buyurtma bo’yicha maxsus reklama ishlarini bajaruvchi 
mustaqil firmalar. Ularning vazifalari: reklama tadqiqotlarini olib borish, reklama 
kampaniyalarini ishlab chiqish va o’tkazish, reklama materiallarini tayyorlash va 
joylashtirish va boshqalar; 3) reklama murojaatlari uchun ularni xos 
auditoriyalarga yetkazish maqsadida o’rin va vaqt ajratib beruvchi ommaviy 
axborot vositalari; 4) reklama faoliyatini ta’minlovchi yordamchi ishtirokchilar: 
tadqiqot (o’tkazuvchi) kompaniyalari, foto va kinostudiyalar, rassomlar, 
bosmaxona hamda reklama beruvchilar va reklama agentliklariga reklama 
materiallarini tayyorlashga yordam beradigan barcha ishtirokchilar. 
Reklama beruvchining tashkilotchiligi. Xuddi ikkita aynan bir xil firma mavjud 
bo’lmagani kabi, hech qachon reklama beruvchi firmalar tomonidan reklama 
faoliyatini tashkil qilish masalasiga bir xilda yondoshilmaydi. Ayni paytda barcha 
reklama beruvchilar o’z reklama xizmatlari tomonidan quyidagi tashkiliy 
vazifalarning bajarilishi ta’minlanmog’i lozim: 1) reklama xizmatini boshqarish va 
xodimlarga rahbarlik qilish; 2) firmaning reklama faoliyatini rejalash. 3) faoliyatini 
boshqa xizmatlar (ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy) bilan muvofiqlashtirish; 4) 
faoliyatni tashqi hamkorlar bilan hamda reklamani o’tkazish masalalari bo’yicha 
muvofiqlashtirish; 5) yuqori turuvchi rahbariyat va moliya xizmatiga taqdim etish 
uchun reklama byudjeti borasida takliflar ishlab chiqish. 
Uncha katta bo’lmagan firmada yuqorida bayon qilingan vazifalarni bajarishni 
bir kishiga topshirish mumkin. Ba’zi hollarda esa, reklama xizmatiga bir necha yuz 
kishi jalb etilishi mumkin.

Yüklə 410,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin