SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali
226
PSIXOLOGIYADA MEN KONSEPSIYASI TALQINI.
Oripova Shohista Xasanovna
Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani 15-maktab psixologi
Anatatsiya: Ushbu maqola psixologiyada “Men” konsepsiyasi haqida bo’lib shaxsning
o’ziga-o’zi beradigan bahosining ijobiy va salbiy tomonlari haqida ma’llumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Shaxs, men konsepsiyasi, o’z-o’ziga baho, maqsad, ideal va real men, rol,
xarakter.
‖Men‖konsepsiyasi shaxsning hayotiy tajribasi shakllanadi, avvalo ota-ona
va bola
munosabati. Biroq u bolalik davridan boshlab aktiv faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tajribani
to‘g‘ri o‘rganishga, shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga, kutilayotgan natijalar tizimi,
ularning baholanishiga va shu bilan birga shaxsning rivojlanishiga, uning faoliyatiga va
axloqiga ta‘sir ko‘rsatadi. ―Men‖ konsepsiyasi va o‘zini-o‘zi anglash o‘rtasida o‘zaro
nisbati haligacha aniqlanmagan. Ko‘p jihatlarda ular ma‘nodosh (sinonim) sifatida
ishlatiladi.Shu
bilan birga, ―Men‖ konsepsiyasini o‘zini anglash jarayonining natijasi
sifatida qarashlar ham mavjud. (A.M.Prixojan)
―Men‖ konsepsiyasi – bu insonning o‘zi haqida
umumlashtirilgan tasavvuri,
shaxsning o‘ziga nisbatan tartib tizimi, yoki psixologlar aytgandek, ―Men‖ konsepsiyasi
o‘zi haqidagi nazariyasi.Qayd etib o‘tish muhimki, ―Men‖ konsepsiyasi statik emas,balki
dinamik psixologik hodisasidir. ―Men‖ konsepsiyasining shakllanishi,
rivojlanishi va
o‘zgarishi ichki va tashqi tartib omillari bilan bog‘liq. Ijtimoiy muhit oila,maktab
hisoblanib, ―Men‖ konsepsiyasining ijtimoiylashuv jarayonida shakllanishiga ta‘sir
o‘tkazadi. Bu ta‘sir nafaqat shaxsning ijtimoiylashuvining boshlang‘ich
bosqichida,
balki oila bolaningyagona yoki mutlaq kuchli ijtimoiy muhiti bo‘lgan paytida, shu bilan
birga keyinchalik ham uning hayotida o‘z ahamiyatini yo`qotmaydi. Yosh o‘tishi bilan
―Men‖ konsepsiyasining rivojlanishida ijtimoiy tajribaning, shaxs kirgan ko‘p
sonli
formal va noformal guruhlarining ahamiyati kuchayib boradi. ―Men‖ konsepsiyasining
rivojlanishiga juda kuchli ta‘sir o‘tkazadi. Maktabda va noformal guruhlaridagi o‘zaro
aloqalarning ahamiyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin, shu bilan birga, oila
shaxsning ijtimoiylashuv instituti sifatida o‘smirlik va o‘spirinlik
davrida ham muhim
rol o‘ynashda davom etadi.
Eng umumiy ko‘rinishda psixologiyada ―Men‖ konsepsiyasining ikki shaklini
ajratib ko‘rsatish qabul qilingan – real va ideal. Lekin uning xususiy ko‘rinishlari ham
namoyon bo‘lishi mumkin, masalan, shaxsning kasbiy ―Men‖ konsepsiyasi, yoki kasbiy
―Men‖. O‘z navbatida, kasbiy ―Men‖ konsepsiyasi ham real va ideal bo‘lishi mumkin.
―Real‖ tushunchasi zinhor bu konsepsiyaning haqiqatdan
realligini nazarda
tutmaydi.Bu yerda eng asosiy shaxsning o‘zi haqidagi tasavvuri, ―Qanday bo‘lsam