SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 228 haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da‘vogarlik qilgan, mo‗ljallangan
narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‗g‗ri fikr bildirgan edi. U
surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan
formulani: muvaffaqiyatO‗zinixurmat qilish intilishlarni taklif etgan edi. Ma‘lumki,
surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‗zini xurmat
qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‗p kuch va g‗ayrat sarflashi va o‗zini
xurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‗lib, bu ko‗pincha murakkab vazifa hisoblansa,
boshqa bir yo‗li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng
kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‗zini hurmat qilish hissi yo‗qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas.
Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo‗lishiga xavf
tug‗diradigan his-tuyg‗ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va
mumkin bo‗lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‗llaydigan alohida
yo‗naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin
«muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd
ishlab chiqqan edi.U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan
mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz
instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari»,
shaxsning «ichki senzurasi» bilan to‗qnashib qoladi va buning natijasida turli
o‗zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‗g‗ri talqin
etilishiga yo‗l qo‗ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‗z
maqsadiga erishish yo‗lidagi g‗ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan
paytda ro‗y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.Hayot uslubini ishlab chiqishda
boshlang‘ich nuqta odamning o‘zi haqidagi tasavvurlari ekan, o‘zini anglashning
individual variativligini ko‘rib chiqish darkor.
Insonni o‘zi haqidagi tasavvurlari, g‘oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari
yig‘indisi ―Men‖ konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, ―Men‖
konsepsiyasi subyektni o‘zi haqidagi eng umumiy ustanofkalari tizimidir. ―Men‖
konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3
ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o‘zaro roziligiga erishishga turtki beradi;
Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchinchidan – kutishni manbasi bo‘ladi.
―Men‖
konsepsiyasi
hamma
shaxsiy
va
xarakterli
jarayonlarni
muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib aks etadi. ―Men‖ konsepsiyasi o‘zini kelib chiqishiga ko‘ra
asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan
mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo‘yicha hisoblash
mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baholar ta‘sirida shakllanadi, bu esa
keyinchalik interiorizatsiyalanib o‘ziga nisbatan munosabatga aylanadi.