SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 227 shundayligimcha‖.Ideal ―Men‖ konsepsiyasi esa -bu shaxsning o‘zi haqidagi o‘zi
istagidagi tasavvuri (Qanday bo‘lishni istayman).
Albatta, real va ideal ―Men‖ konsepsiyalari nafaqat mos kelishi mumkin, balki
ko‘pchilik holatlarda keskin farqlanadi ham. Real va ideal ―Men‖ konsepsiyalari
o‘rtasidagi tafovut turli salbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir
tomondan, real va ideal ―Men‖ o‘rtasidagi ziddiyat jiddiy ichki shaxsiy ixtilofga sabab
bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, real va ideal ―Men‖ konsepsiyasining o‘zaro mos
kelmasligi shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtiruvi, rivojlanishiga intilish manb‘asi
hisoblanadi. Aytish mumkinki, ko‘p narsa ushbu kelishmovchilikning darajasi,
shunungdek, uning shaxs tomonidan interpretatsiya qilinishi bilan belgilanadi. Har
qanday vaziyatda, real ―Men‖ va ideal ―Men‖ ning to‘la mos kelishining kutish, ayniqsa
o‘smirlik va o‘spirinlik yoshida, asossiz xomxayoldir. Mohiyatdan o‘z-o‘ziga baxo
berishning ayrim metodikalari real va ideal ―Men‖ konsepsiyalarining ko‘pchilik
holatlarida mos kelmasligi haqidagi tushunchalar asosiga qurilgan.
Bir-biriga anchayin yaqinligiga qaramay, o‘z-o‘ziga baho berish va ―Men‖
konsepsiyasining psixologik tushunchalari o‘zaro farqlarga ega. ―Men‖ konsepsiyasi
insonning o‘zi haqidagi tavsifiy tasavvurlaridan iborat bo‘ladi.Ammo, shu bilan birga
―Men‖ konsepsiyasining u yoki bu qismi salbiy yoki ijobiy buyruqlarga ega bo‘lishi
mumkin.O‘z-o‘ziga baho berish tushunchasi,aksincha, inson o‘ziga, o‘z qobiliyatiga
qanday baho berishi bilan bevosita bog‘liqdir.Masalan, inson o‘zining temperamentiga
ko‘ra sangvinik ekanligini, baland bo‘yli va jigarrang ko‘zli ekanligini bilish uning
―Men‖ konsepsiyasining bir qismini tashkil etadi ammo, shu bilan birga, bu ushbu
xususiyatga o‘lchov me‘yori sifatida baholanadi, subyekt o‘zini ushbu xislatlariga ko‘ra
baholaydi, o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Shunisi ham muhimki, bir hil xususiyatlar
turli shaxslarning o‘z-o‘ziga baho berish strukturasida bir inson tomonidan ijobiy planda
(bu o‘z-o‘ziga baho berishning ko‘taradi), boshqa inson tomonidan salbiy planda
baholanishi mumkin (bu o‘z-o‘ziga nisbatan baho berishni tushiradi).
«Men» konsepsiyasining siymosi – individning o‗zi haqidagi nisbatan barqaror
ko‗proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar
tizimidirki, individ boshqalar bilan o‗zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga
asoslanadi. O‗ziga o‗zi baho berish shaxsning o‗ziga, o‗z imkoniyatlariga,boshqa odamlar
orasidagi fazilatlariga va o‗rniga baho berishidir. O‗ziga o‗zi baho berish orqali
shaxsning xulq-atvori to‗g‗rilanib, tartibga solib turiladi.Shaxsning o‗ziga o‗zi beradigan
bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho ko‗rsatkichlarining kamayishi
bilan bog‗liq bo‗ladi.O‗ziga o‗zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan
chambarchas bog‗liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‗ziga o‗zi beradigan bahoning
individ o‗z oldiga qo‗yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon
bo‗ladigan kutilgan darajasidir.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o‗zining psixologik nazariyasida XX asrning
boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o‗zini hurmat qilishi