3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari



Yüklə 410,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix15.06.2023
ölçüsü410,26 Kb.
#131044
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Реклама 2015

Tayanch so‘z va iboralar: menchaydayzing, tashqi reklama, prezentatsiya, 
chastotalik
Nazorat savollari:
1. Tashkilotning reklama byudjetini oliy darajada shakllantirishga qanday 
omillar ta’sir ko’rsatadi? 
2. Reklama byudjetini ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini sanab bering. 
O’z javobingizni gipotetik misol yordamida izohlab bering.
3. Reklama xarajatlarining qanday yo’nalishlari va qaysi moddalari sizning 
tasavvuringizdagi firmada ustunlikka ega bo’ladi? Nima uchun? 
REKLAMA VOSITALARIDA PSIXOTEXNOLOGIYANING BIR 
TOMONLAMA ALOQASI 
1. Gazetadagi reklama 
2. Jurnaldagi reklama 
3. Radiodagi reklama 
4. Televideniyadagi reklama 
5. Tashqi reklama 
6. Transportdagi reklama 


Har qanday jamiyatda xaridorlarning yarmi o‘zlariga nima kerakligini 
toki kimdir ularga nima olish lozimligini birov aytmaguncha bilishmaydi. Keyingi 
paytda ommaviy axborot vositalarida reklama hakida gapirilsa, aksariyat kishilar 
unga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirishadi. 
Bozor iqtisodiyoti davrida 
mahsulotni ishlab chikarish va uni sotishda reklamaning o‘rni doim katta bo‘lgan. 
Reklama matbuot yoki televidenie paydo bo‘lgandan emas
;
balki ibtidoiy davrda 
ham mavjud bo‘lgan. Faqat uning ko‘rinishlari hozirgidan ancha farq qilgan.. 
Manbalarda keltirilishicha, qadim Sharkda savdogarlar mahsulotlarni jarchilar 
orqali ovoza qilganlar. Hunarmandlar esa o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini 
tamg‘alaganlar. U esa tovar markasi vazifasini bajargan. Yunonistonda esa 
hunarmandlar ustaxonalarining tomiga mahsulot tasviri tushirilgan lavhalarni osib 
qo‘yishgan. 1445 yilda nemis tadqiqotchisi Iogann Gutsnbergning bosma 
dastgohni ixtiro qilgan. Matbuot yetkazish paydo bo‘lishi reklamaning 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Shundan so‘ng xususiy gazetalarning soni ham 
ko‘payib bordi. Unda asosan qiziqarli voqyealar va albatta, biror mashhur 
savdogar yoki hunarmandning mahsuloti haqidagi axborot bosilardi. 
Reklama vositalarini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin: 
Birinchisi ommaviy targ‘ibot vositasi. Bu - gazeta, jurnal, radio, 
televideniya, hitlar, plakatlar, e'lon taxtalari; 
Ikkinchisi - bu so‘rovnomalar, shaxsiy xatlar, telefon orqali reklama va boshqalar. 
Reklama albatta yo‘nalishdagi mijozni psixologik o‘ziga xoslik tomoniga 
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak va bozor o‘sha yo‘nalishiga qarab mo‘ljallanishi 
kerak. Bu yerda asosiy savollar xaridor kim bo‘lishi kerak, qaysi jinsga 
mansubligi, yoshi, ma'lumoti va uning o‘ziga xosligi bo‘ladi. Buni bilish nafaqat 
reklama yaratilayotganida, balki joylashtirishda ham kerak bo‘ladi. 
Reklama kompaniyasining ish jarayonida qanday vositalar asosiysi, qanday 
vositalar qo‘shimcha bo‘lishini aniqlash zarur. Har bir vaziyatda kompaniyaning 
o‘ziga xosligi bo‘ladi. Yonma-yon yo‘nalishda asosiy savollar qanday oraliqda va 
muhimi qayerda? Agarda bir necha joyda bo‘lsa, ularning birligi nima bilan 
aniqlanadi. Shu savollarga javob berishi kerak. 
Bu bo‘lim bir tomonlama reklamani har xil funksiyalari ancha aniqlangan 
ravishda psixologik o‘ziga xoslik ta'sirlarini ochib beradi. Bu o‘ziga xoslik 
tabiatini bilish va tushunish vositalarini to‘g‘ri tanlashda va ularni muvaffakiyatli 
chiqishini ta'minlaydi. 

Yüklə 410,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin