3- semestr
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB
CHIQISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
Reja:
1. Reklama murojaatining mazmuni va ularning tavsifi
2. Reklama murojaatini ishlab chiqishning asosiy bosqichlari.
Reklama murojaatining mazmuni va ularning tavsifi. Reklama murojaatining
mazmuni qator omillar bilan belgilanadi va ular orasida adresatga ta’sir qilish
maqsadlari va xarakteri asosiy o’rinda turadi. Odatda ta’sirning quyidagi asosiy
bosqichlari ko’rsatiladi: kognitiv (murojaatdagi ma’lumotni uzatish); affektiv
(munosabatning shakllanishi); suggestiv (ishontirish); konativ (ni
belgilash/aniqlash).
Kognitiv ta’siring mohiyati muayyan hajmdagi ma’lumotni, tovar haqidagi
ma’lumotlar majmuini, uning sifatini tavsiflovchi omillar va boshqalarni
uzatishdan iborat bo’ladi. Affektiv ta’sirning maqsadi uzatilayotgan ma’lumot
ko’lamini murojaatni qabul qiluvchining ko’rsatmalari, motivlari va tamoyillari
tizimiga solishdir. Munosabatni shakllantirish vositasi ayni bir vajhning tez-tez
takrorlanishi, aytilganlar uchun mantiqiy dalillar keltirish, moslashish uchun qulay
sharoitlarni yaratish va shu kabilardir. Ishontirish idrok etiladigan va idrok
etilmaydigan ruhiy elementlarni qo’llashni nazarda tutadi. Bu reklama xabarining
muayyan qismi adresat tomonidan faol fikrlash doirasini chetlab o’tgan holda
o’zlashtirilishining mumkinligi bilan aloqador. Ishontirishning natijasi mantiqiy
isbotlarsiz ishonch hosil qildirish bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki,
ishontirish, birinchidan, u adresatning ehtiyojlari va manfaatlariga mos kelganda,
ikkinchidan esa, ma’lumot manbai sifatida yuqori obro’ va jamoatchilikning
ishonchini to’la qozongan shaxsdan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lganda
amalga oshishi mumkin. Ishontirish reklama murojaatining ko’p marotalab
qaytarilishi orqaligina katta ta’sir kuchiga ega bo’lishi mumkin. Murojaatning
konativ ta’siri xaridorni harakat qilishga (ya’ni, sotib olishga) undash yo’li bilan
amalga oshiriladi. Bunday ta’sir unga mijoz amalga oshirishi kerak bo’lgan
harakatlarni aytib turadi. Reklama murojaatini ishlab chiqish o’ziga xos san’at
hisoblanadi. Shu sababdan, shakl haqida gapirar ekanmiz, buni kino, adabiyot,
tasviriy san’at kabi boshqa shakllarda amalga oshirish mumkin bo’lmagani kabi bu
xususda biror bir yo’riqnoma berish ham amri mahol. Ayni paytda san’atning ham
o’z qonun-qoidalari bor, masalan, tasviriy san’at bu kompozitsiyaning qurilishi,
istiqboli va boshqalardir. Endi reklama murojaati shaklini tanlashning asosiy
qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz.
Birinchi navbatda boshqa barcha reklama murojaati tavsifnomalari kabi uning
shakli kommunikatorning reklama va marketing maqsadlarini amalga oshirish
uchun maksimal darajada xizmat qilishi kerak. Buning uchun u o’zi qaratilgan
auditoriya uchun yetarli darajada tushunarli va mos bo’lmog’i lozim. Shakl
reklama murojaati mazmunini to’la ochib berishi darkor.
Kommunikator va qabul qiluvchi o’rtasida zaruriy muloqot muhitini
shakllantirishning asosiy omili bo’lgan murojaat ohangini to’g’ri tanlash katta
ahamiyatga ega. Tajribadan ma’lumki, ishlab chiquvchilari tomonidan o’zaro
hurmat, rostgo’ylik, o’zaro manfaatdorlik asosidagi hamkorlikka tayyorlik muhiti
yaratilgan reklama murojaatlari ular orasidagi eng ta’sirchanlari hisoblanadi.
Murojaat uslubi ham reklama kampaniyasining maqsadlari, reklama
tashuvchining turlari, reklama tovarining va albatta, murojaat qilinayotgan
auditoriya tavsifi bilan belgilanadi. Mana uslubiy yechimning ayrim variantlari: 1.
Reklama murojaati faqat firmaning nomini, o’z ichiga oladi, ba’zan esa slogandan
(shior, reklama formulasi) iborat bo’ladi. Bunday xabarlardan asosan taqdimot va
esga soluvchi reklamalarda foydalaniladi. Bunungi kunda V. Perepelkinga qarashli
Seldom firmasining hozirda mashhur bo’lib ulgurgan kirishish reklamasi bunday
yechim namunasiga aylandi. 2. Muayyan voqea haqida xabar. Murojaat oddiy
e’londan iborat bo’ladi (rukniy reklama). 3. Naturadan chizish. Masalan, Rikk-
Bank reklama videoroligi. Bankning «ish kunlari» ko’rsatilgan. Hamma o’z ishi
bilan mashg’ul. Ishlab turgan nusxa ko’chirish apparati ustida mushukcha uxlab
yotibdi. Kadr ortidan Leonid Bronevoyning ovozi eshitiladi: «Dunyodagi eng
zerikarli bank: odamlar ishlamoqda, pullar ham ishlamoqda…» (I. Chimburova
ssenariysi). 4. Jumboqlilik va jozibadorlik muhitini yaratish. Bunga «Jdite mastera
(Ustani kuting)!» shiori ostidagi kompaniya o’rinli misol bo’la oladi. Mazkur shior
bitilgan afisha va bannerlar osilib, bir necha hafta o’tgandan keyingina mo’ljaldagi
auditoriya «Master» gazetasini chop etish boshlanganidan xabar topdi. 5. Xayolot,
ekzotika, romantika muhitini yaratish. Masalan, baunti shokoladli batonchiklari,
Panasonic televizorlari, Camel sigaretalari videokliplari, Income kosmetikasining
bosma reklamasi va boshqalar. Reklama qilinuvchi tovarni personifikastiya
qiluvchi obrazni yaratish. Eng yorqin misollardan biri – kovboy Marlboro.
Reklama murojaatlarinig shu turiga Ronald Mak-Donaldni ham kiritish mumkin.
SamSung kir yuvish mashinasi reklamasida mashinaning tebranmay ishlayotganini
bo’rttirib ko’rsatish uchun ishlayotgan mashina ustida oppoq momiq mushuk uxlab
yotgani tasvirlangan. Mashinaga yangi funksiya Fussy Logic qo’shilgach,
«an’anaviy» mushuk oldida yana bir xuddi shunday oppoq momiq mushuk paydo
bo’ldi. 7. Mutaxassis olimning maslahati. Misollar: Mariya «oddiy odamlar» uchun
bir qator darmondorilarni tavsiya qiladi; Ukraina televideniesi orqali shifokorlar
turli roliklarda Algofin nomli shamollashga qarshi darmondorini tanishtiradilar va
boshqalar. 8. Hayot tarziga urg’u berish. Misol: ARDO reklamasi (Ovro’pocha
hayot tarzi); Italyan vermuti Martinining reklama shchitlari va poligrafik
reklamasi; yaxtalar, nufuzli avtomobil markalari reklamasi, Zippo zajigalkasi
reklamasi tasvirlangan videoroliklar va boshqalar. 9. Tarixiy mavzular va
an’analarga sodiqlikka bag’ishlangan kompozistiyalar. Ba’zan vorislik motivi
bo’rttirib ko’rsatiladi (Moskovskaya kofeynya na payax kompaniyasi, Parker peroli
ruchkalari reklamasi. «Pero hamon qo’lda disk yordamida odam sochidan sal
qalinroq kesishda davom etmoqda» va boshqalar). 10. Keyinchalik, oqibatda
reklama qilinayotgan tovar bilan uyg’unlashuvchi xush kayfiyatni vujudga
keltirish. Masalan, pastroenie «legkoy prozrachnoy grusti» — poligrafik reklama.
«Sen, men va Rotmans» (sigaretalar), Korona shokoladining reklama roliklari va
boshqalar. Yoki quvnoq kayfiyat – Rondo, Tviks roliklari seriyalari hamda «Shok
– bu bizlarga xos!» va boshqalar. 11. Myuzikl. Bir yoki bir necha personaj reklama
qilinayotgan tovar haqida qo’shiq aytadilar. Bunday reklama uchun o’shanda sobiq
sovet tomoshabiniga birinchi marta jiddiy tovarni kupletlar yordamida reklama
qilish mumkinligini ko’rsatgan Moskva ventilyator zavodining «tarixiy» roligini
misol keltirish mumkin. Bunday usul radioreklamada tez-tez qo’llanadi. 12. Ba’zi
hollarda ayrim animastiya usullaridan (masalan, antropomorfizm: tovarlar inson
fazilatlariga ega bo’lmoqda) foydalanish mumkin. Animastiya elementlari Fruits &
Nuts shokoladi, Love is saqichlari va boshqalarning musiqali reklamalaridan o’rin
olgan. 13. Kasbiy mahoratga urg’u berish. Masalan, «Vaqt sinovidan o’tgan sifat –
bu SamSungdir», «Ishni ustalarga qo’yib bering!» kabilar hattoki hududiy
reklamadagi murojaatlarda ko’p uchraydigan qo’shimchalardir. 14. Reklama
qilinayotgan tovarning ta’sir kuchini qo’llashdan oldin va keyin tamoyili asosida
namoyish qilish. Bu usuldan, ayniqsa, kir yuvish kukunlari, oqartiruvchi va
santexnika jihozlarini tozalash vositalari va boshqalarni reklama qilishda ko’p
foydalaniladi. 15. Shartli ravishda «reklama tajribasi» deb nomlanishi mumkin
bo’lgan usul. Masalan, sauna sharoitida model yelkasi terisiga trafaret orqali
Rexona antiperspiranti sepiladi. Biroz muddat o’tgach, «ishlov berilmagan» teri
qalin ter bilan qoplanadi. Terining Rexona sepilgan qismlari quruqligicha qoladi.
16. Qiyosiy reklama. Reklamaning bu turi ko’pchilik mamlakatlarda taqiqlangan,
raqobatchilar tovarlarining kamchiliklarini ko’rsatish Reklama amaliyoti xalqaro
kodeksida qoralanadi. Ayni paytda murojaatning mazkur turi reklama qilinayotgan
tovarning g’ayri oddiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatish uchun qo’llanadi. Masalan,
Anel kir yuvish kukunini shunchaki «Kir yuvish kukuni»ga qiyoslash reklamasi.
Tabiiyki, yuqorida amalda bo’lgan uslubiy echimlarning ayrimlarigina berildi
xolos. Ularning miqdori muntazam ravishda oshib bormoqda va ularni qo’llash
muayyan tizimga solinib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |