Reklama murojaati qanday yo’l bilan ko’paytiriladi? Bu tanlov buyurtma
tabiatini muayyan texnologiya bilan tezkorlik, sifat va qonuniyatlar nuqtai
nazaridan taqqoslab ko’rishni talab qiladi. Bosishning turli yo’llari o’zlarining
ayrim afzalliklari va kamchiliklari mavjudligini yodda saqlash foydadan xoli emas.
1) Yuqori bosma usuli. Detallarni aniq joylashtirilishi va yaxshi sifatni
ta’minlaydi. Biroq u tasvirlarda ofsetga xos bo’lgan ton mayinligini bermaydi va
yuqori liniaturali yarimton tasvirlarni chiqarish uchun oq qog’ozni talab qiladi.
Bundan tashqari yuqori bosma ofsetga nisbatan qimmatga tushadi.
2) Chuqur bosish. Yuqorisi kabi aniq ottisk bermaydi, chunki butun bosma
qolip rastr bilan qoplangan, qolip stilindrlarini tayyorlash esa, juda qimmat turadi.
Lekin so’nggi natija a’lo darajada bo’ladi va adad ko’p bo’lgan hollarda (100 ming
nusxadan ko’p) nisbatan arzonga tushadi.
3) Ofset. Bu kam adadli nashrlar uchun eng tejamkor usul hioblanadi. Ayni
paytda ko’p adadlarda chop etishda u ikki tomonlama bosadigan zamonaviy
varaqli mashinalar va rulonli ofset mashinalariga nisbatan bir muncha
rentabelliroq. Foto usulida terilgan matnlar bilan ishlash uchun ofset ayniqsa
yaxshi moslashtirilgan.
4) Trafaret usulida bosish. Bu usulning muhim afzalligi uning universalligi va
to’la bo’yoq qatlami evaziga erishish mumkin bo’lgan yorqinligidir. Trafaret
bosish usuli yordamida matn va tasvirlarni nafaqat qog’ozga, balki, boshqa turli
materiallarga ham tushirish mumkin. Kamchiliklari asosan jarayonning boshqa
bosish usullaridagi tezlikka nisbatan uzoq davom etishi bilan bog’liq.
Har qanday teletomoshabin televizion reklama roliklarining ko’plab turlari
mavjudligini yaxshi biladi. Ularning barchasini sanab o’tirmay, ularning
studiyaviy, kinoplyonkaga tushirilgan yoki magnit tasmasiga yozilgan turlari
borligini eslatib o’tamiz.
Studiyaviy roliklarga nisbatan videofilm, tabiiyki, reklama beruvchiga tasviriy
effektlardan foydalanish uchun ko’proq imkoniyat yaratadi, lekin ancha qimmatga
tushadi.
Reklama xabari shaklining asosiy o’lchamalari(parametrlari) murojaat ohangi
va uning uslubiy yechimlaridir.
Reklama murojaatini ishlab chiqishda qabul qiluvchi tomonidan xabarni idrok
etishning psixologik qonuniyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Reklama xabari shaklini ishlab chiqishda murojaat kontekstini hisobga olish
ayniqsa muhimdir, iloji boricha rejalanmagan aralashuvlardan qochish kerak,
reklama murojaatining nurlar gammasini to’g’ri tanlash lozim.
Dostları ilə paylaş: