Birinchidan, reklama roliklari. Ular reklama roliklari, o‘yinli, hujjatli va
multiplikatsionli bo‘lishi mumkin. Reklamaning eng yaxshi tomoni ist'molchilarga
yuqori darajada texnologik ta'sir qilishdadir. Uning kamchiligi esa bu reklama
tayyorlanishidagi jarayonning qimmatga tushishi va efirda ko‘p vaqtni olishidir.
Yana bir kamchiligi reklama roligining dasturda noqulay paytda qo‘yilishi
teletomoshabinlarning jig‘iga tegadi.
Ikkinchidan, ekranda ob - havo haqida dastur berilayotgan paytda reklama
beruvchining reklamasining logotipi, emblemasi va shiori berilishi maqsadga
muvofikdir.
Uchinchidan, taniqli dasturlarga xomiylik qilish. Masalan, teledastur orqali
berilayotgan tanlovlarda shu firmaning mahsulotini sovg‘a sifatida takdim etish.
Ko‘rsatuv paytida dasturni olib boruvchi firmaning nomini takrorlab boradi.
Studiyada o‘rnatilgan firmaning reklama xiti vaqti –vaqti bilan
teletomoshabinlarga ko‘rsatib turiladi.
Xomiylik boshqa telereklama variantlaridan ko‘ra ko‘proq psixologik
mavkega ega. Axir xomiy - bu shunday yaxshi insonki, u tufayli yaxshi
ko‘rsatuvlar doim mavjud va efirga chiqmoqda.
To‘rtinchidan, maxsus dasturlarda ishtirok etish. Bunday dasturlarda reklama
beruvchi firma vakilining chiqishidir.
Beshinchidan, diktor teksti va ekranning tagida satrning o‘tishi yoki filmlar
ko‘rsatilayotgan paytda faqat satrning o‘tishi. Bu eng arzon variant hisoblanadi.
Psixologik
tomondan yutqaziladi, chunki bir tomondan film ko‘rayotgan vaqtda
halaqit beradi va o‘tayo'tgan satrlarga kam ahamiyat beriladi. Ikkinchi tomondan
manzilni va telefon raqdamni yozib olishga iloji bo‘lmaydi.
Televideniyada reklama roliklari qisqa bo‘lishi kerak. Roliklar davomiyligi 15-
20 soniya bo‘lishi maqsadga muvofiq. 20 soniyadan ko‘proq davom etadigan
roliklar ham mavjud. Odatda blits -
roliklarda firmaning nomi, logotipi, manzili va
telefon raqami beriladi. Ba'zida firmaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
ma'lumotlar qo‘yiladi.
Ko‘pincha blits - roliklarda kompyuter gafiklari yoki o‘yinli kinolardan
foydalaniladi. Blits - rolikning asosiy vazifasi - doimiy ravishda firma va uning
mahsuloti to‘g‘risida eslatib turishdir.
Psixologik nuqtai nazardan reklamada asosiysi bu - tabiiylikdir. Tabiiylik yo‘q
ekan bunday reklama rolik o‘z haqqoniyligini va ishonchliligini yo‘qotadi.
Qayd qilish kerakki, har doim ham har qanday aktyor ham ozik – ovqat
mahsulotlarini reklama kilishda samimiy kuchli zavq bilan birday yetkazib bera
olmaydi, ayniqsa kichik yoshdagi artistlar buning uddasidan chiqa olmaydi.
Ishonchsiz reklama - bu antireklamadir.
Eng avvalo namunali reklama oson va zamonaviy bo‘lishi kerak. Bunday
parametrlardan iborat bo‘lmagan reklama xabarlari eng zerikarli va axmoqonadir.
Yuqori sifatli va professional telereklamaning tasviri
uning aktivligi, optimalligi va
yorqinligi bilan bog‘liqdir.
Psixofiziologiyaning xususiyati ekranda o‘zining quyidagi talablarini taklif
qiladi:
-o‘ngdan - chapga qaraganda chapdan - o‘ngga qaraganda harakat osonroq qabul
qilinadi;
- chapdan - o‘ngga dioganal bo‘yicha pastdan – yuqoriga bo‘lgan harakat;
- o‘ngdan - chapga va pastdan yuqoriga dioganal bo‘yicha harakat ta'sirchanlik
darajasi past bo‘ladi;
- keskin ravishda va tezkorlik bilan kadrlarning almashinuvi, ayniqsa o‘rta
plandan yirik planga o‘tish jarayoni tomoshabinda salbiy holatlarning paydo
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: