1-BOB.IQTISODIYOT VA UNING BOSH MASALASI 1.1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari 1-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning ozi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir.
CHeklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bolgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bogliqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir soz bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xojaligi doirasida roy bergan. SHuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofon, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xojaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.
CHeklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining toxtovsiz osib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni togri taqsimlash yollarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bolgan hayotiy vositalarga bolgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida toplanib, ayni vaqtda mavjud bolgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat korsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bolgan imkoniyatlar, qor-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, ormon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qor-qutlari, pul mablaglari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Inson rivojlangan sari uning ehtiyojlari ham shiddat bilan ozgarib, ortib boradi. Iqtisodiy resurslar esa cheklangan. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati boyicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlangichi ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar ortasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bolgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi korinishi bolgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, etkazib berish boyicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi oz tovarini sotib, oziga kerakli bolgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yonalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat korsatuvchilar ortasida iqtisodiy aloqa ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir boladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda boladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. SHaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yoqotiladi va orniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo boladi.
SHunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo toxtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yoldagi faoliyatning asosiy yonalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bolib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bolgan tomonga yonaltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning kozga koringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugbek asarlarini oqir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bolamiz.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid goyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bolib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini ozining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. SHu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, toplash va foydalanish zarurligini дзюдо ta’kidlaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida kopgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda "siyosiy iqtisod" nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha sozdan olingan bolib, "politiko" ijtimoiy, "oykos" - uy, uy xojaligi, "nomos" - qonun degani. YA’ni uy yoki ijtimoiy xojalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar togrisidagi fandir, deb yozgan edilar.
2-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fani ijlimoiy fan bolib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bogliqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bolib xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining ornini bosa olmaydi, bu fanning oz vazifasi va predmeti bor.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni organib, sintez qilishdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani orgatadi, degan savolning echimi juda murakkab bolib, bu haqda otmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil flkrlar bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xojaligini boshqarish qonunlari togrisidagi fan deb qaragan bolsa, mefkanlilisllar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik togrisidagi, uning manbalari va kopaytirish yollari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish togrisidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xojaligi, ijtimoiy xojalik togrisidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari togrisidagi fan deb korsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’mallarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar ortasida sodir boladigan munosabatlarni organishdan iborat, deb korsatilgan edi.
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini tolaroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini organishdan iborat, deb korsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga otilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti boyicha bir-biriga yaqin bolgan ta’riflar berilmoqda.
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S.Tarasevich va A.l.Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xojalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy osishning omillari va qonuniyatlarini organadi», deb korsatilgan.
Akademiklar G.P.Juravleva va V.I.Vidyapinlar boslichiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikda professor A.l.Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bolib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini organadi», deyilgan.
Prof. V.D.Kamaev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» asoslari boyicha darslikda iqtisodiyot fanining predmeti cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilaming xulq-atvori va uni boshqarishni organishdan iborat deb ta’kidlanadi.
Prof. D.D.Moskvin boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi asoslari» darsligida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan ozaro ta’sirini organadi deyiladi.
Prof. E.F.Borisov ozining «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli kitobida fanning predmetiga qisqagina u iqtisodiy munosabatlarni organadi, deb aytib otib ketadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti togrisida bildirilgan bu barcha fikrlardan korinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar ortasida sodir boladigan munosabatlarni organishga alohida e’tibor berilgan bolsa, «Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning kopchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bolgan munosabatini, xatti-harakatini organishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga alohida e’tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yol qoymasligi lozim. CHunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat korsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablaglari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. SHuning uchun mavjud rksurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bolgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining ozaro bogliqligi va bir-biriga ta’sirida organilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat korsatish jarayonida bir-birlari bilan, albalta, ozaro munosabatda boladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, oz xulq-atvorlarini, xalti-harakatlarini belgilaydilar. Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bolishi, ularni organishi lozim. Bundan tashqari, mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining ozidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir boladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmelini aniqlashda shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning kopgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan organiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya hisobi, xojalik faoliyati tahlili kabi fanlarda organiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bogliq holda mavjud boladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yonalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bolgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari ortasidagi aloqadorlikni va ozaro ta’sirni organadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xojalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini organishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan ozgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham ozgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bolishini organadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini organibgina qolmay, ularning ozaro aloqadorligini, bir-biriga ta’sirini ham tahlil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi organishi lozim bolgan muhim yonalishlardan biri cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xojalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va yollarini organish va korsatib berishdan iboratdir. Bu esa fanning predmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq korinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy, ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining tort asosiy vazifasi ajratib korsatiladi:
- bilish vazifasi har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda ozaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni orab turgan olam togrisidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
- amaliy vazifa amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy osishni ta’minlash va shu asosda osib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. SHu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga koproq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar korsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi boyicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yollarini topishdan iboratdir;
- uslubiy vazifasi iqtisodiyot nazariyasi fanining ozi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bolib xizmat qiladi;
- goyaviy-tarbiyaviy vazifasi ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi organuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol goyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yolida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni kopaytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bolishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini kotarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. SHundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun ozgarishlarini, ichki boglanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga orgatishdan iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir-biri bilan chambarchas bogliqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bolishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa, oldindan kora bilish va amaliy harakat yolini togri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqeya va hodisalar sirini bilishda ilmiy qollanmadir.
3-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham organadi.
Boshqacha qilib aytganda, "Iqtisodiyot nazariyasi" fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va jarayonlar iqtisodiy qonunlar bilan boshqarilsa-da, lekin ular alohida olingan bir iqtisodiy hodisada namoyon bolmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning ozaro ta’sirida korinadi, doimiy takrorlanib turadigan hukmron tamoyillar tarzida namoyon boladi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar ortasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ozaro bogliqligini ifodalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar obektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bolib, u obektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obektiv xususiyatga ega bolib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish-irodasiga bogliq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xususiyati va shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon boladi. SHuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning xususiyatini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim boladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga binoan faoliyat qilsa, ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar sarfini tejash bilan birga oz faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va xatti-harakatlar kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar, muqarrar ravishda xojalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga oxshab, uni bilib, oz faoliyatida foydalanilsa insoniyatga, katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan olmasdan, talablarini bilmasdan yoki mensimasdan kor-korona xatti-harakat qilinsa, bu katta salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bolib, tarixiydir va ozgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bogliq bolib kishilik jamiyati mavjud bolganda paydo boladi va amal qiladi.
"Iqtisodiyot nazariyasi" fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez osib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, oziga xos iqtisodiy qonunlar alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qoshimcha qiymat qonuni.
Umumiy iqtisodiy qonunlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlari sifatida, ularni belgilovchi boshqaruvchi qonunlar sifatida namoyon boladi va har bir tarixiy bosqichda ularning roli ozgarib boradi. Umumiy iqtisodiy qonunlar bilish, yaxlit va keng ma’noda iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan oylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bolib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli boginlari, sohalari, bolaklari orasidagi bogliqlikni, ularning biri ozgarsa, albatta, ikkinchisi ham ozgarishi mumkinligini korsatadi. Iqtisodiy katkgoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz, eng avvalo, bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx ortasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
4-savol. Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bogliqdir. Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yollari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini oz ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan ozining predmetidan kelib chiqib, ozining ilmiy bilish usullariga ega boladi. SHuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy boladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bolib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qollaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bogliqlikda, ziddiyatda, ozaro ta’sir qilib turadigan turli boginlardan, bolaklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan ozgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada boladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bolagini alohida olib, uning oziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yoq bolish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bogliqlik tomonlarini zamon va makonda organish. Bu erda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy hodisa ozi bir jarayonning oqibati, natijasi bolgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bolishi mumkin. Masalan, mashina, dastgoh, asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bolgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bolib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi ozgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida ozgarish bolishiga, qishloq xojaligidagi ozgarishlar esa sanoatda ozgarish bolishiga turtki boladi va h. k.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha rivojlanishida deb qarash. Bu erda son jihatidan ozgarishlar toplana borib, sifat jihatidan ozgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning ozaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar, pul mablaglari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar ozaro chambarchas bogliq hamda ziddiyatda boladi va bir-biriga ta’sir korsatadi, ular doimo sifat hamda miqdor jihatdan ozgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega boladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar orniga yangilari paydo boladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qollashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon boladi.
Dialektik dunyoqarash - bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubning mohiyati organilayotgan jarayonning ichki ziddiyatlar tufayli oz-ozidan harakatda bolishini tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan, iqtisodiyot nazariyasi faniga ham taalluqlidir.
SHu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining oziga xos tadqiqot usullari harn mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati ozgarishini organishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bolmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bolgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, organilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida organilayotgan voqea va hodisaning ichki, kozga korinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil - bu organilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez - bu organilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yol bilan organiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. CHunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy boglanishlar boyicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum orin egallaydi, iqtisodiy osishning keskin ozgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida oringa ega, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik korish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment otkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yonalishlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Makroiqtisodoy va mikroiqtisodiy tahlilni qoshib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlangich bogini bolmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi tolashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini organish markaziy orin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyot faoliyatining tola tadqiqoti bilan shugullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyasiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bolib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot ozaro boglangan va bir-biri bilan ozaro ta’sirda boladi.
Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bolgan, ammo ozaro bogliqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jarayonlarni organish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yol qoyilib, yanglish tasavvurga va notogri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matemalik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng ozlashtirish va qollash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bolib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul ozgaruvchi miqdorlar ortasidagi bogliqlikni korgazmali qilib tasvirlaydi.