3. 1-iqt-19 guruhi talabasi Jalolova Zarnigorning amaliyot hisob
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta`minlash borasida:
Buxoro viloyatida statistik ma`lumotlardan foydalanuvchilarning talablarini o`rganishni hisobga olgan holda Davlat statistika ishlari dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;
davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta`minlaydi;
xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish sohasida:
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etadi va davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasiga qat`iy amal qilgan holda o`tkazilishini ta`minlaydi;
statistika axborotlarining tezkorlik bilan qayta ishlanishi va uzatilishini ta`minlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini Buxoro viloyati davlat statistikasi organlari faoliyatiga joriy etadi;
Buxoro viloyati davlat statistikasi organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda ta`minlaydi;
statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish sohasida:
Davlat statistika ishlari dasturi va Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining bajarilishini ta`minlaydi;
Buxoro viloyatini, uning tuman va shaharlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini amalga oshiradi;
qog`oz yoki elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini yig`ishni, uy xo`jaliklarini kuzatishni, ro`yxatdan o`tkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, so`rovlarni va boshqa kuzatuvlarni o`tkazishni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiyaga qat`iy amal qilgan holda tashkil etadi va ta`minlaydi;
Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda Buxoro viloyati bo`yicha eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
statistika va hisobot ko`rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi, xolisligini, statistika axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta`minlaydi;
statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
olingan statistika ma`lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega bo`lgan statistika ma`lumotlarining himoya qilinishini ta`minlaydi;
statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini ta`minlaydi;
respondentlarni tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakllari to`g`risida xabardor qiladi hamda respondentlarni belgilangan miqdorda davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari, ularni to`ldirish bo`yicha tushuntirishlar bilan bepul ta`minlaydi;
belgilangan tartibda statistika ma`lumotlari bilan ta`minlash sohasida:
Buxoro viloyati bo`yicha barcha foydalanuvchilarga ochiq statistika axborotini tarqatadi va ulardan foydalanish uchun teng sharoitlar bilan ta`minlaydi;
statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika ma`lumotlari masalalari bo`yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida Davlat statistika ishlari dasturida ko`rsatilganlaridan tashqari statistik, tahliliy, axborot va boshqa xizmatlar ko`rsatadi;
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini va iqtisodiy-statistik tasniflagichlarni yuritish sohasida:
tasniflashning yagona tizimi asosida Buxoro viloyatida joylashgan yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, shuningdek Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrining samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlashda ishtirok etadi;
davlat statistika kuzatuvlarida statistik tasniflagichlardan foydalanishni ta`minlaydi va foydalanuvchilarga statistik tasniflagichlar va ularga kiritiladigan o`zgartirishlar to`g`risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.