3. 1-iqt-19 guruhi talabasi Jalolova Zarnigorning amaliyot hisoboti. Buxoro viloyati statistika boshqarmasi



Yüklə 49,35 Kb.
səhifə1/3
tarix26.06.2023
ölçüsü49,35 Kb.
#135288
  1   2   3
3. 1-iqt-19 guruhi talabasi Jalolova Zarnigorning amaliyot hisob


3.1-IQT-19 guruhi talabasi Jalolova Zarnigorning amaliyot hisoboti.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi
Buxoro Viloyati Statistika Boshqarmasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg'or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi printsiplar asosida amalga oshiradi: 

  • Ishonchlilik, xolislik, beg'arazlik;

  • Dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;

  • Qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;

  • Statistika hisobotini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.

Quyidagilar Buxoro viloyati statistika boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta'minlash;

  • Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy printsiplariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisoblar tuzishni ta'minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo'lgan ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

  • Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan jarayonlarni har tomonlama tavsiflovchi statistika va hisobot ko'rsatkichlarining tezkorligini,haqqoniyligini ta'minlash;

  • Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari bilan ta'minlash.


Yüklə 49,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin