Narx statistikasi boʻlimi Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) narx statistikasi boʻyicha axborotlarni shakllantirish va tahlil etish sohasida: narx statistikasi boʻyicha axborotlarni Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan
ishlar va muddatlarda yigʻish, qayta ishlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish; narx statistikasi axborotlarini shakllantirish masalalari boʻyicha hududiy statistika organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) narx statistikasi sohasida ilmiy asoslangan metodologiyani joriy etish sohasida:
narx statistikasi axborotlarini shakllantirish boʻyicha qabul qilingan uslubiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllanilishini taʼminlash; hududiy statistika organlari tomonidan, narx statistikasi sohasiga oid davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasi asosida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida:narx statistikasi hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish ishlarini tashkil etish, bu yoʻnalishda hududiy statistika organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, narx statistikasi asosiy koʻrsatkichlarining takomillashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritish.
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, narx statistikasi boʻyicha statistik kuzatuvlar oʻtkazish, umumlashtirish, tahlil etish, saqlash va statistik maʼlumotlarni nashrga
tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
narx statistikasi boʻyicha hududiy organlar faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish,
ular tomonidan taqdim etilgan axborotlarni tahlil qilish ishlarini olib boradi;
hududiy statistika organlariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
Narx statistikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda maʼruzalar, statistik toʻplamlar uchun hamda narx sohasi jarayonlarini tavsiflovchi boshqa statistik maʼlumotlarni tayyorlaydi; narx statistikasiga oid statistik maʼlumotlarni shakllantirish, saqlash va tarqatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
belgilangan tartibda Boʻlimga yuklatilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlim davlat statistika ishlari dasturining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari,
tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
-ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi sohasi boʻyicha tahliliy salohiyatni mustahkamlash, Davlat statistika ishlari dasturining mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari,
iqtisodiyoti tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli koʻrsatkichlar bilan oʻzaro bogʻliqligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
-ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga