Sanoat statistikasi boʻlimi toʻgʻrisida Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) sanoat statistikasi boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish va bajarish,
statistikani tashkil qilishning samarali tizimini taʼminlash va davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida:
Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, metodologik ishlarning reja-jadvali, viloyat statistika boshqarmasining ish rejalarini oʻz vaqtida shakllantirilishida ishtirok etish;statistik maʼlumotlar foydalanuvchilari talabini oʻrgangan holda uzoq muddatli
maqsadlar va yoʻnalishlar boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni joriy etib borish;Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining sanoat statistikasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
sanoat statistikasi sohasida davlat statistika pritsiplari va xalqaro standartlarga javob beradigan yagona statistika uslubiyotiga rioya etilishini taʼminlash;
ishlab chiqiladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga Boʻlimning vakolati doirasidagi takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
b) xalqaro standartlarga javob beradigan yagona statistik uslubiyotniva davlat statistika kuzatuv shakllarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash va joriy etish sohasida:
sanoat statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yoʻli bilan statistik kuzatuvlar tizimini qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirishni amalga oshirish;
sanoat statistikasi boʻyicha davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash, amaliyotga joriy etish, statistik kuzatuvlar oʻtkazish usullarini aniqlash;
davlat statistika sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda Boʻlim vakolati doirasida ishtirok etish;
sanoat statistikasi sohasida xolis, sifatli va dolzarb hisobot maʼlumotlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va idoraviy kuzatuvlar shakllarini kelishishda ishtirok etish;
foydalanuvchilarning statistik maʼlumotlarga boʻlgan talabiga muvofiq, sanoat statistikasi sohasi boʻyicha rivojlanayotgan xorijiy tajribani oʻrganish, umumlashtirish
va tarqatish;