3-4-Laboratoriyamashg’ulot. To’qimaningtinchliktokinianiqlash. Gal’vanningbirinchitajribasi. Nazariy tushuncha. Qo`zg`aluvchi to`qimalardagi, bioelektrik hodisalar
Biologik yo`l yoki elektrofiziologik usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Ishdanmaqsad: Gal`van tajribalari bilan tanishish va tinchlik tokini aniqlab unga ishonch hosil qilish.
Ishniolibborishuchunzarurbo‘lganjihozlar: gal`vanometr, tok kaliti, sim, baqa, katta kichik qaychilar, pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to’g’nag’ich ninalar, paxta, salfetka, Gal`van pinseti, Ringer eritmasi.
Ishnibajarishtartibi. Bu tajriba mis va rux plastinkalaridan iborat gal`vanik pinset yordamida o’tkaziladi. Baqaning bosh va orqa miyasi buziladi, bel umurt- qalaridan tanasi ikkiga bo’linadi. Tajribaga tananing keyingi qismi olinib, terisi shilinadi, gal`van pinsetning mis plastinkasi quymich asabining ildizlari tagiga kiritiladi va preparatni osiltirgan holatda ko’tarib turiladi. Bunda baqa oyog’i rux plastinkaga tekkanida har gal oyoq muskullari qisqaradi.
2-ish.Gal’vanningikkinchitajribasi. Ishnibajarishtartibi. Baqaning asab muskul preparati tayyorlanadi. Asab muskul preparati muskulining bir qismini yuzalab kesib olinadi. Shisha ilmoqchalar yordamida preparat asabini ko’tarib muskulning jarohatlangan va jarohatlanmagan qismlariga bir vaqtda tegiziladiga qilib tashlanadi. Bunda muskulning qisqarishi kuzatiladi. Baqaning ikkinchi keyingi oyog’ining quymich asabi tizza bo’g’imigacha boshqa toqimalardan ajratiladi. Tizza bo’g’imi yuqorisidan son muskullari kesilib taxtachaga qo’yiladi. Quymich asabi ajratilgan oyoq plastinka ustiga joylashtiriladi. Asabni shisha ilmoqcha bilan ko’tarib kesib olingan son muskuli ustiga tashlanadi. Bunda asab muskulning kesilgan va kesilmagan qismlariga bir vaqtda tegizilishi kerak. Shundagina oyoq tinchlik toki ta`sirida harakatga keladi. Tirik to’qimalardagi tinchlik tokini gal`vanometr yordamida kuzatish. Gal`vanometr zanjiri tayyorlanadi va elektrodlardan birini muskulning jarohatlangan yuzasiga, ikkinchisini jarohatlanmagan yuzasiga quyiladi. Shundan keyin ok zanjirining kalitini ulab, tinchlik toki ta`sirida gal`vanometr strelkasining harakati kuzatiladi. So’ng elektrodlar o’rnini almashtirib qo’yilsa, tok yo’nalishi gal`vanometr strelkasining harakati bo’yicha
o’zgaradi. (5-rasm)
5-rasm. Gal`van tajribasi Topshiriq. Tajribalar sxemasini chizing. Gal`vanning birinchi va ikkinchi tajribalaridagi muskul qisqarishining sabablarini tushuntiring. Savollarga javob bering.
1. Tinchlik toki nima uning kuchi qanday ?
2. Tinchlik toki va unga ta‘sir etuvchi omillar.
3. Gal`vani qanday elektr hodisasini kuzatgan ?