a) b) 15-rasm. Burilishda avtomobil va mototsiklga ta’sir etuvchi kuchlar. Mototsiklga ko‘ndalang kuchlar ta’sir etganda, stabilizatsiya momenti vujudga kelmaydi, chunki mototsiklda og‘irlik kuchini qo‘yish elkasi bo‘lmaydi. Mototsiklga yonlanma shamol ta’sir etganda yoki u burilishda harakatlanganda haydovchi sun’iy stabilizatsiya momentini hosil qiladi. Bu uchun u ko‘ndalang kuch ta’siriga qarshi tomonga mototsiklni qiyshaytiradi.
Avtomobilni tortish xususiyatlari deganda uning yo‘lda haydovchi bergan kerakli tezlik bilan harakatlanish va yo‘lning har qanday o‘tishi qiyin bo‘lgan qarshiliklarini engib o‘tish xususiyatlari tushuniladi. Tortish xususiyati, dvigatel tirsakli valining aylanishlari diapazonida hosil qiladigan quvvati, transmissiyaning uzatishlar soni transmissiyasi agregatlariga ishqalanishga saqlanadigan energiya sarfiga bog‘liq bo‘ladi.
Harakatlanish qarshilik kuchi harakat rejimi va yo‘l holatiga qarab juda katta chegarada o‘zgarib turadi. Avtomobilni o‘rnidan qo‘zg‘atishda juda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni engish uchun etaklovchi g‘ildiraklarga katta kuch kerak bo‘ladi. Gorizontal yo‘l qismida uncha katta bo‘lmagan tezlikda tekis harakatlanganda, qarshilik kuchi uncha katta bo‘lmaydi va uni engish uchun kuch etarli bo‘lmaydi.
Hozirgi zamon avtomobil va mototsikllariga o‘rnatilayotgan ichki yonuv porshenli dvigatellar etaklovchi g‘ildiraklarga kerak bo‘lgan barcha diapazondagi tortish kuchini ta’minlay bera olmaydi. Shuning uchun dvigatel va etaklovchi g‘ildiraklar orasiga uzatmalar qutisi qo‘yiladi. U harakatlanish sharoitiga qarab etaklovchi g‘ildiraklarga tortish kuchini oshirish yoki kamaytirish imkonini beradi. Past uzatmalar etaklovchi g‘ildiraklarga katta tortish kuchini etkazib beradi va bu avtomobilni o‘rnidan qo‘zg‘atishga yoki og‘ir yo‘l qismlaridan o‘tishga imkon yaratadi, yuqori uzatmalar esa katta tezlikda harakatlanishni ta’minlaydi.
Tortish xususiyatlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
harakatlanishning eng katta tezligi;
biror-bir tezlikka erishish uchun tezlikni oshirish vaqti;
o‘rnidan biror-bir berilgan masofani bosib o‘tish vaqti yoki shu masofani tezlikni oshirish bilan o‘tish;
eng ko‘p balandlikka chiqa olish.
16-rasm. Avtomobilning kuch muvozanati. Tortish xususiyatlari ko‘rsatkichlari ularni aniqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shamolga qarshi harakatlanganda avtomobilning tezligi shamolsiz havoga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
Yo‘lovchilari yoki yuki bo‘lgan avtomobilning yuksiz avtomobilga nisbatan ancha tezligi kam bo‘ladi. Shuning uchun avtomobil texnik tavsifnomasida u yoki bu ko‘rsatkich ko‘rsatilganda uning aniqlanish sharoiti alohida qayd etiladi. Masalan, eng katta tezlikni aniqlash uchun to‘la yoqilg‘i qo‘yilgan, bitta yo‘lovchi bilan avtomobil qattiq qoplamali, quruq gorizontal yo‘lda, shamolsiz havoda sinaladi.
Ma’lum bir tezlikkacha tezlikni oshirish shu tezlikni oshi- rish vaqti va uzatmalarini almashtirish uchun sarflangan vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi yengil avtomobillarning birinchi uzatmasida tezlikni oshirish vaqti 2,0-2,5 m/s2, to‘g‘ri uzatmada 0,8-1,5 m/s2ni tashkil etadi. Yuqori avtomobillarning dinamikasi past- roq bo‘lib, ular birinchi uzatmada 1,7-2,0 m/s2 va to‘g‘ri uzatmada 0,3- 0,5m/s2ga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil tezligini oshirib harakatlanish g‘ildirak bilan yo‘lning ishonchli tishlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori tortish xususiyatiga ega bo‘lgan avtomobilning yo‘l bilan tishlashishi yomon bo‘lganligi va g‘ildirak o‘rniga aylanganligi sababli tezlikni oshirish bilan yaxshi natijaga erishmasligi mumkin.
Hozirgi zamon avtomobillari 15-20 sekundda 100 km gacha tezlikka erishadi. Sport avtomobillari va ba’zi yakka tartibda ishlab chiqarilgan, yuqori quvvatli dvigatellar bilan jihozlangan, tortish xususiyati yuqori bo‘lgan avtomobillar 100 km gacha tez- likka 6-8 sekundda erishishi mumkin. Bu avtomobillarning yuqori tezligi soatiga 200 km dan oshadi.
Yuk avtomobillari turli yuklarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda yuqori dinamika va chaqqon harakatlanish asosiy sifat ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Shuning uchun yuk avtomobillarining texnik tavsifnomasida ma’lum tezlikkacha tezlikni oshirib erishish vaqti ko‘rsatilmaydi. Yo‘l sharoitiga yaxshi moslashish uchun, odatda, yuk avtomobillari ko‘p uzatmalar soniga ega. Masalan,
«Zil-130» avtomobilining uzatmalar qutisida oldinga yurish uchun beshta uzatma bor. Shu bilan birga, ko‘p engil avtomobillarning uzatmalar qutisi oldinga yurish uchun to‘rt yoki besh uzatmali bo‘ladi. Ayrim avtomobillarning transmissiyasiga uzatmalar sonini ikki barobarga oshiradigan qurilma o‘rnatiladi. Masalan, «MAN» va «KamAZ» avtomobillari uzatmalar qutisida ajratish qutisi, VAZ-2121, ya’ni «NIVA» avtomobilida demultiplikator, «Gaz- 66» avtomobilidagi taqsimlash qutilari (razdatchik) shunday qurilmalardir. Uzatmalar sonini keng tanlash imkoniyati haydovchiga yuqori tortish xususiyatiga ega bo‘lgan va yaxshi yonilg‘I tejash imkonini beradigan uzatmadan foydalanish imkonini beradi.
Avtomobillarning eng yuqori balandliklardan o‘tish qobiliyati har xil tepaliklari mavjud bo‘lgan avtomobil poligonlarida aniqlanadi.
Tepalikka yaqinlashgan avtomobil o‘rnidan birinchi uzatmada tepalikka chiqariladi. Avtomobil navbat bilan har xil nishablikka ega bo‘lgan balandlikdan chiqarilib, uning eng yuqori balandlikdan o‘tish qobiliyati aniqlanadi.
Avtomobillarning foydalanish ko‘rsatkichlaridan biri ularning konstruktiv xavfsizligidir.