Misol5. Hafta kuni raqamda barilgan. Uni so’zda chiqaruvchi dastur tuzing.
Yechimi: #include using namespace std;
int main() {
int n;
cout<<"Hafta kunini raqamda kiriting: ";
cin>>n;
switch (n) {
case 1: cout<<"Dushanba"; break;
case 2: cout<<"Seshanba"; break;
case 3: cout<<"Chorshanba"; break;
case 4: cout<<"Payshanba"; break;
case 5: cout<<"Juma"; break;
case 6: cout<<"Shanba"; break;
case 7: cout<<"Yakshanba"; break;
default: cout<<"Hato kiritildi"; break;
}
}
Agar har bir qatordan so’ng break yozilmasa u holda qaysidir shart bajarililadigan bo’lsa keying break operatori kelgunga qadar barcha holatdagi amallar bajariladi.
Masalan quyidagi dasturda
switch (n) {
case 1: cout<<"Dushanba";
case 2: cout<<"Seshanba";
case 3: cout<<"Chorshanba";
case 4: cout<<"Payshanba";
case 5: cout<<"Juma"; break;
case 6: cout<<"Shanba"; break;
case 7: cout<<"Yakshanba"; break;
default: cout<<"Hato kiritildi"; break;
}
}
agar n=2 bo’lsa u holda ekranga SeshanbaChorshanbaPayshanbaJuma lar chiqadi.
1-topshiriq x va y haqiqiy son berilgan. Xisoblang: max(x, y) va min(x, y)
x, y va z haqiqiy son berilgan. Xisoblang: max(x, y, z) va min(x, y, z)
a, b va c haqiqiy son berilgan. Tekshiring: a
a, b va c haqiqiy son berilgan. Agar a≥b≥c tengsizlik bajarilsa, u xolda
haqiqiy sonlarni ikkilantiring, aks xolda ularni modullari bilan almashtiring.
Ikkita haqiqiy son berilgan. Birinchi sonni chiqaring, agar u ikkinchisidan katta bo`lsa, aks xolda ikkalasini ham chiqaring.
Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan [1,3] intervalga tegishlilarini tanlang.
Agar o’zaro farqli x, y ,z haqiqiy sonlar birdan kichik bo`lsa, u xolda bu uchta sondan eng kichigini boshqa ikkitasining yarim yig’indisi bilan almashtiring. Aks xolda o`zgarishsiz qoldiring.
x, y , z haqiqiy musbat sonlar berilgan. x, y, z uzunlikka ega tomonli uchburchak mavjudmi?
N (06) natural son berilgan uning raqamlar sonini aniqlang.
N (06) natural son berilgan uning raqamlarini alohida-alohida chiqaring.
(M: 125 – 1, 2, 5)
N (06) natural son berilgan uning raqamlarini teskarisiga yozing. (M:125–521)
X butun son beriladi. Agar shu son 4 ga bo’linsa, “4 ga bo’linadi”, 3 ga bo’linsa “3 ga bo’linadi”, agar 3 ga ham 4 ga ham bo’linsa “3 ham 4 ga ham bo’linadi” deb, aks xolda “3 ga ham 4 ga ham bo’linmaydi” deb ekranga chiqaring.
Arab raqamlari bilan berilgan sonni rim raqamlarida ifodalab chiqaruvchi dastur tuzing. Berilgan son 1 dan 10 gacha bo’lgan oraliqda bo’ladi.
Arab raqamlari bilan berilgan sonni so’zlar bilan ifodalab chiqaruvchi dastur tuzing. Berilgan son 1 dan 10 gacha bo’lgan oraliqda bo’ladi.